"Leypcig" bosh murabbiyi: "Bavariya" qanday saviyaga ega ekanligini ko'rsatib qo'ydi"
12 sen 2021 16:31
Yangiliklar
"Leypcig" bosh murabbiyi: "Bavariya" qanday saviyaga ega ekanligini ko'rsatib qo'ydi"
"Leypcig" bosh murabbiyi Jessi Marsh Bundesliganing 4-turi doirasida "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Bavariya" yuqori darajadagi jamoa. Ular bugun maydonning uchinchi qismida qanday salohiyatga ega ekanligin ko'rsata oldi. Biz yomon o'ynamadik, maksimal ravishda yaxshi o'ynashga harakat qildik. Bor kuchimiz bilan o'ynaganimizni muxlislar ham ko'rdi.
Qo'rqmay o'ynadik, agarda vaziyatlardan foydalana olganimizda o'yin boshqacha ruhda kechardi. Umumiy olganda bizning o'yinimiz sifatli bo'ldi. "Leypcig" uchun "Bavariya" juda kuchli jamoa. Bizning tarkib esa yoshlardan tashkil topgan. Hafa bo'lganim yo'q. Bundan dars olishimiz kerak", - dedi amerikalik mutaxassis.
Fikrlar