Levi: "Tottenxem"ga Konte va Mourinoni olib kelish xato edi"
22 sen 2023 14:11
Yangiliklar
Levi: "Tottenxem"ga Konte va Mourinoni olib kelish xato edi"
"Men ham hamma singari g'alaba qozonishni istayman. Menga g'alaba qozona olmaganimiz natijasidagi umidsizlik, balki bazi o'yinchilar va muxlislarning bosimi, g'alaba qozonish, pul, top murabbiy, katta nom kerak, degan gaplar tasir qildi.
Men biz deyarli sovrin yutgan davrni boshdan kechirdim, Maurisio [Pochettino] bilan yaxshi davrni o'tkaza oldik. To'g'ri, biz maqsadga eta olmadik, lekin juda yaqin kelgandik. Natijada, strategiyamizni o'zgartirishga to'g'ri keldi. Unga ko'ra, sovrinlar yutish bo'yicha mutaxassisni jamoaga olib kelish kerak edi va biz buni ikki marta amalga oshirdik. Hammamiz xatolarimizdan xulosa chiqarishni bilishimiz zarur.
Ular [Mourino va Konte] ajoyib murabbiylar, lekin balki bizning klub uchun emasdir. Biz malum o'yin uslubiga egamiz va u bilan sovrin yutish uchun vaqt talab qilinsa, shu to'g'riroq variantdir.
SHu sababli, bosh murabbiylikka Ange [Postekoglu]ning olib kelinishi, menimcha, juda to'g'ri qaror bo'lgan".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar