So’nggi yangiliklar

16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  6 15:31К-Лига 2. "Соннам" - "Чоннам Драгонс": Икром Алибоев ўйинни асосий таркибда бошлайди, Алиқулов — захирада (онлайн ҳисоб)  0 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  1 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   10 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  9 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1

Levi tejamkorlikni bas qil. Pochettinoning sabr kosasi to'ldi Yangiliklar

Levi tejamkorlikni bas qil. Pochettinoning sabr kosasi to'ldi

"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni nega saqlab qolishi kerak?

Maurisio Pochettinoning "Tottenxem"dagi sezilmas, ammo juda ajoyib bo'lgan jihati - u hech qachon klubning moliyaviy siyosatiga etiroz bildirmaydi. VAR, hakamlar nohaqligi, jarohatlar va taqvim borasida ko'p gapirgan. Ammo transferga ajratilgan byudjet haqida emas. "Tottenxem" siz o'ylaganingizdan ham kamroq pul sarflashini bilasizmi?


"Tottenxem" bir yil davomida futbolchi sotib olmagani hammaga malum, "shporlar" APLning TOP-6 klublari orasida maoshlar uchun eng kam mablag' ajratadigan jamoa hisoblanadi. Ammo London klubining moliya bo'yicha raqiblardan ortda ekanligiga jiddiy etibor berishmaydi.


"Tottenxem" pullarni qanday sarflaydi

"Tottenxem" maoshlarning umumiy summasi bo'yicha Angliyada oltinchi, ammo kutilmagan bir jihat bor: "SHporlar" bu borada "Arsenal" va "Liverpul"dan ko'ra "Kristal Pelas" va "Sautgempton"ga yaqinroq. Ishonmaysizmi, unda raqamlarga etibor bering.

"Tottenxem"dagi o'rtacha yillik maosh 11-o'rindagi "Sautgempton"dan 900 ming funtga ko'p, 5-o'rindagi "Arsenal"dan esa 1,3 mln. funtga kam. Boshqa manbalar ham shunga o'xshash raqamlarni keltirmoqda. Futbol tijoratiga ixtisoslashgan Statista, Spotrac va Total Sportek saytlari malumotlariga ko'ra, soliqlarni chiqarib tashlaganda "Tottenxem" futbolchilari yiliga 86 mln. funt (umumiy) ishlab topishadi. Soliqlarni qo'shadigan bo'lsak (45%, ularni klub to'laydi), bu raqam BBC nashri malumotlariga (yiliga 130 mln. funt) to'g'ri keladi.


"SHporlar" "Siti" va MYUdan deyarli ikki marta orqada. Malumotlarga etibor bersak, "Tottenxem" maosh bo'yicha TOP-6dagi jamoalardan ancha orqada, ular CHempionlar ligasi uchun davogarlik qilmaydigan klublar darajasida.


Ammo "Tottenxem"ning "kuchli oltilik" jamoalaridan katta farqi faqat bu emas. Transferlarga etibor beramiz. Xaridlarsiz o'tgan so'nggi mavsumni unutamiz: Alohida bir mavsumda hamma narsa bo'lishi mumkin, shuning uchun so'nggi 5 yilga nazar tashlaymiz.


Pochettino 5 yil oldin "Tottenxem" ustoziga aylangan va bu klub transfer siyosati haqida tasavvur berishga etarli muddat. "Tottenxem" so'nggi 5 yil ichida transferlarga qilgan xarajat bo'yicha joriy mavsum APLda ishtirok etgan klublar orasida 19-o'rinni egallab turibdi. "SHporlar" oxirgi 5 yil ichida bor-yo'g'i 28 mln. funt sarflagan ekan. Londondan pastroqdagi jamoa - APL klublariga futbolchi etishtirib beradigan "Sautgempton". Ular yildan-yilga transferlardan tushgan mablag' evaziga yashab bormoqda. Qiziq fakt. "Tottenxem" prezidenti Deniel Levi Pochettinoni xuddi shu kamharj "Sautgempton"dan topgan.


So'nggi besh yilning katta qismini CHempionshipda o'tkazgan "Byornli", "Kardiff", "Vulverxempton", "Xaddersfild" kabi klublar ham tarkibni kuchaytirish uchun Maurisio Pochettinodan ko'proq xarajat qilgan. Argentinalik mutaxassis esa bu vaqt ichida CHempionlar ligasi finaliga chiqqan tarkibni yig'ishga muvaffaq bo'ldi.


Maoshlar borasida "Tottenxem" "kuchli oltilik" vakili hisoblanmasa, transferlarga xarajat bo'yicha ular APLning o'rtamiyona xatto autsayder jamoalaridek emas. "SHporlar" xuddi CHempionship klubi kabi pul sarflayapti. Ammo London klubi bu erda ham TOP-5da emas.


Pochettinoning sabr kosasi

Pochettino yangi stadion qurilishi tufayli pul sarflamagan deb o'ylashingiz mumkin. Arenaning uzoq vaqt qurishdi, natijada stadion xarajatlari 1 mlrd. funtga etdi. Bu jihat pulni iqtisod qilish uchun muhim sabab: Klub stadion qurilishi uchun bor pulni stadion qurilishiga sarflab, qolgan barcha sohada pulni tejadi. Levi endi transferlarga mablag' ajratadi deb o'ylarsiz, ammo bir malumotga etibor bering: Yangi arena qurilishiga qaramasdan, "Tottenxem" 4 aprel kuni rekord miqdorda foyda topganini elon qildi. Klub 2018 yil yakuniga ko'ra soliq va to'lovlardan tashqari 113 mln. funt ishlab topgan.


Agar sport ko'rsatkichlari haqida gapiradigan bo'lsak, Angliyada natija borasida boshqalardan ajralib turadigan 6ta etakchi klub mavjud. Ammo moliya haqida gapiradigan bo'lsak, TOP-6 mavjud emas.

Maosh bo'yicha TOP-5 va o'rtamiyona jamoalar kabi xarajat qiladigan yana bitta klub bor. Transferlarga nazar tashlasak, "kuchli beshlik" va CHempionshipda o'ynaydigan jamoadek pul sarflaydigan yana bir klub mavjud.


Pochettinoning sabr kosasi to'lgan ko'rinadi, ammo u muxlislar yoki Levi bilan munosabatni buzmaslik uchun indamayotgandek. Maurisio oldinroq "Real"ga nega rad javobini bergani haqida shunday dedi:

"Real"da ishlash har bir murabbiyning orzusi. Agar murabbiy ketishni istasa, buni bajaradi. Ammo men yaqinda "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzoladim. Levi barcha takliflarni rad etdi. Mendan shartnomani bekor qilishni so'rashganda, bu ishni qilmagan bo'lardim, chunki bunday inson emasman".  Avval shu kungacha murabbiyni klubda ushlab turgan sabablar mavjud bo'lgan bo'lsa, endi ular yo'q.


"Tottenxem" futbolchilari "Ayaks" ustidan qozonilgan g'alaba va tarixiy natijani nishonlayotgan bir paytda murabbiy jurnalistlarga muhim narsalar haqida gapirdi. Besh yil ichida birinchi marta.

"Tottenxem" bilan CHempionlar ligasida g'alaba qozonish - hikoyaning fantastik yakuni bo'lar edi. Nima? Klubdan ketish haqida hazillashyapman? Yo'q, bu hazil emas. Har qanday holatda ham hammasini o'ylab ko'rishim kerak.


SHundan so'ng u bir nechta bayonot berdi.

9 may kuni BeinSports jurnalisti murabbiyga quyidagi savolni berdi: "Siz jamoadan ketmaysiz, shundaymi?Pochettino esa shunday javob berdi: "Ko'ramiz".


Bir necha kun oldin Pochettino Sky Sports nashrige intervyu berdi va yangi stadionga ko'chib o'tish haqida gapirdi: "Endi bizning ajoyib uyimiz bor, ammo uni yaxshi mebel bilan jihozlash kerak. Yaxshi mebel esa yaxshigina pul turadi. Biz tarkibda o'zgarishlar qilishimiz kerak, ammo bu qanday bo'lishini tushunib olish lozim, aks xolda bu jarayon og'riqli bo'alid. Men yangi hikoyani rejasiz boshlamoqchi emasman. Muxlislar oldiga kelib, ular oldida nima deyishni bilmay turmoqchi emasman. Agar kelajakda ham CHempionlar ligasi finallarida o'ynamoqchi bo'lsak, bizga bu natijaga qanday erishish uchun reja kerak bo'ladi. Bu reja esa so'nggi besh yildagi ishimizdan farq qilishi lozim".


Pochettino - "Tottenxem" muvaffaqiyatning quruvchisi hisoblanadi. Aynan u tufayli Keyn, Eriksen va Alli hali ham jamoada. Futbolchilarning aytishicha, murabbiy jamoada oila atmosferasini yaratishga muvaffaq bo'lgan. Oila esa puldan muhimroq. Biroq oila - bu Pochettino. Maurisio esa natijasi yuqori, ammo xarajati oddiy bo'lgan klubni boshqarishdan charchadi.


Agar Levi ushbu loyihani saqlab qolmoqchi bo'lsa, Pochettinoni har qanday yo'l bilan olib qolishi kerak. Masalan, Eriksen, Dayer va Rouzga yangi maoshlar taklif qilish, 19 yoshli Rayan Sessenonni emas, balki jamoani bugun va hozir kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchi sotib olish.


Xarajatlar ko'payishini moliyaviy jihatdan qoplash mumkin: Daromadlar oshishi va futbolchilar transferi orqali. Ammo buning uchun hozirgidan biroz ko'proq xarajat qilish lozim. Amaldagi "Hech narsaga pul sarflamaslik" rejasi endi ishlamayati: Eriksen moliyaviy shartlari uni qoniqtirmagan yangi shartnomaga imzo chekishni istamadi. Pochettino esa rivojlanishning yangi strategiyasi kerak deb, "Yuventus" bilan aloqada bo'lib turibdi.


Xulosa oddiy. Deniel Levi murabbiyni har qanday narx evaziga saqlab qolishi kerak. Biroq quyidagi so'zlarga etibor bering: "Deniel Levi" va "har qanday narx evaziga". Bu so'zlar yonma-yon turishini tasavvur qila olasizmi?

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика