Levchenko ketma-ket uchinchi yil tengsiz, "Buxoro"da umuman o'ynamagan Japarov eng kuchli darvozabon - Tojikiston futbol ligasi 2021 yilning eng yaxshilarini aniqladi
25 dek 2021 19:23
Yangiliklar
Levchenko ketma-ket uchinchi yil tengsiz, "Buxoro"da umuman o'ynamagan Japarov eng kuchli darvozabon - Tojikiston futbol ligasi 2021 yilning eng yaxshilarini aniqladi
Etiborlisi, "Buxoro"da o'z imkoniyatiga ega bo'lmagan turkmanistonlik darvozabon Raxat Japarov CSKA darvozani muvaffaqiyatli tarzda qo'riqlab, yil darvozaboniga aylandi.
SHuningdek, Tojikiston kubogi, mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan va chempionlikni tantana qilgan "Istiqlol" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko ketma ket uchinchi yil (2019 yil "Xo'jand"da, 2020 va 2021 yillarda "Istiqlol"da) eng yaxshi murabbiy deb topildi.
2021 yilgi mavsum laureatlari:
Birinchi liganing eng yaxshi o'yinchisi – Daler SHaripov ("Paxtakor", Jabbor Rasulov);
Birinchi liganing eng yaxshi murabbiyi– Xikmat Fuzaylov ("Regar-TadAZ");
Birinchi liganing eng yaxshi to'purari – Abdulfattoh Xudoydodzoda ("Dinamo");
Yoshlar birinchiligining eng kuchli o'yinchisi – Aminjon Alixmadov ("Ravshan");
Yoshlar birinchiligining eng kuchli murabbiyi – SHarifjon Ziyoev ("Xo'jand");
Eng yaxshi hakam – Sayyodjon Zayniddinov (Dushanbe);
Eng yaxshi darvozabon – Raxat Japarov (CSKA);
Eng yaxshi himoyachi – Vaxdat Xanonov ("Istiqlol");
Eng yaxshi yarim himoyachi – Fatxullo Fatxulloev (CSKA);
Eng yaxshi hujumchi – Ilxomjon Barotov ("Istaravshan");
Tojikiston chempionatida o'ynaydigan eng yaxshi legioner – Artyom Serdyuk ("Xo'jand");
Eng yaxshi murabbiy – Vitaliy Levchenko ("Istiqlol");
Tojikiston chempionatining eng yaxshi to'purari – Manuchehr Jalilov ("Istiqlol").
Fikrlar