So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

Levchenko: "Asabiy yakun bo'lmaganda futbolchilarimga maksimal ball qo'ygan bo'lardim" Yangiliklar

Levchenko: "Asabiy yakun bo'lmaganda futbolchilarimga maksimal ball qo'ygan bo'lardim"

"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko Superliga 9-tur doirasidagi OKMK (1:0)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin biz uchun gol urilganga va undan keyingi davrga bo'lindi. Golga qadar o'yinni nazorat qildik va to'pga egalik qildik, shuningdek raqibga mudofaadan hujumga tezlik bilan o'tishga yo'l qo'ymadik. Goldan so'ng biroz asabiylik kuzatildi, bahs so'nggida esa umuman "validolli" holat bo'ldi. Xudoga shukur, bugungi o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritdik.

Uydagi o'yinlarda bu ajoyib muxlislar bizni olg'a chorlashadi. Ularga katta respekt! Keyingi o'yinlarda stadion to'lishi uchun ko'proq bo'lishlarini so'raymiz, yigitlar ham shu sabab borlarini berishadi.

Muammolar haqida ko'p gapirishni xohlamayman. Muammolarimiz bizniki. Suhbatlar bo'lib o'tdi, vaziyat kelgusida yaxshilanadi. Jamoa o'sishi uchun biz va rahbariyat o'z tomonidan harakat qilishi kerak.

Mirzohid G'ofurov? Hozircha unda og'riq bor. Tiklanish ketmoqda va keyingi o'yinga qaytishi mumkin.

Agar asabiy yakun bo'lmaganda, jamoa o'yinini maksimal ballga baholagan bo'lardim. Ammo, kuchayishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Biz shu yo'ldamiz", — dedi Levchenko.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика