So’nggi yangiliklar

07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  0 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  6 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4

"Barselona" 7 daqiqada 3ta gol o'tkazib, "Levante"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Barselona" 7 daqiqada 3ta gol o'tkazib, "Levante"ga mag'lub bo'ldi

Teglar :  BarselonaLevante
"Levante" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 12-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

Levante

Jose Campana - 61', Borja Mayoral - 63', Nemanja Radoja - 68'

LaLiga . 12-tur

02/11/2019, 20:00

1
:
3
Tugadi

Barcelona

Lionel Messi - 38'

Stadion: Estadio Ciudad de Valencia, 22387 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
52'  Enis Bardhi
61'  Jose Campana
61'  Jose Luis Morales
62'  Enis Bardhi (Ruben Rochina)
63'  Borja Mayoral
63'  Jose Campana
68'  Nemanja Radoja
82'  Jose Luis Morales (Nikola Vukcevic)
87'  Jose Campana (Erick Cabaco)
12'  Luis Suarez
12'  Arthur
38'  Lionel Messi
41'  Luis Suarez (Carles Perez)
56'  Antoine Griezmann
65'  Arturo Vidal (Sergio Busquets)
66'  Gerard Pique
66'  Arthur (Ansu Fati)
67'  Clement Lenglet
74'  Lionel Messi
81'  Sergi Roberto
86'  Ansu Fati

"Levante" – "Barselona" 3:1

"Syudad de Valensiya"

Gollar: 0:1 – 38, penalti Messi, 1:1 – 61 Kampanya, 2:1 – 63 Mayoral, 3:1 – 68 Radoya.

"Levante": Fernandes, Vezu, Klerk, Postigo, Miramon, Bardi (Rochina, 62), Melero, Radoya, Kampanya (Kabako, 87), Mayoral, Morales (Vukchevich, 82).

"Barselona": ter Stegen, Langle, Semedu, Serdji Roberto, Pike, de Yong, Artur (Fati, 66), Vidal (Buskets, 64), Suares (Karles Peres, 41), Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Artur (12), Bardi (52), Grizmann (56), Pike (66), Langle (67), Serdji Roberto (81), Fati (86).




90+3. Meleroooo! "Levante" futbolchisi ter SHtegen bilan birga bir vaziyatga chiqdi, ammo darvozani nishonga olishda adashdi va qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi.

90+2. Fati yana bir qulay vaziyatga ega bo'ldi. Ansu yaqin masofdan darvozaga zarba berdi, ammo posbon to'pni egallab oldi.

88. Yana ofsayd. "Barselona" futbolchilarining omadi kelmayapti.

87. Messi to'pni chap qanotda ochilayotgan Ansu Fatiga uzatdi. Fati jarima maydonchasi ichida bir futbolchini aldab, to'p bilan darvozani nishonga olishga urindi, ammo to'p futbolchi kutgan yo'nalishda uchmadi.

84. Ansu Fati hujumda fol ishlatgani uchun o'yin to'xtatildi. Futbolchi hakamga etiroz bildirdi, ammo forvard haqiqatdan ham qo'pollik ishlatgan edi.

81. Kataloniya klubi uchun vaziyat yanada yomonlashib boryapti. Serxi Roberto qoida buzgani tufayli sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

75. GOL HISOBGA OLINMADI! O'yin markazdan boshlanishi kerak edi, ammo Messi to'pni Grizmannga uzatganda, Antuan ofsaydda qolib ketgan ekan.

74. GOL! Messi hisobni qisqartirdi! Leo ajoyib harakat bilan raqib jarima maydonchasida bir nechta futbolchini aldab o'tdi va gol urdi.

71. "Levante" xavfli hujumlarni davom ettirmoqda. Bu safar Rochina darvoza tomon zarba berdi, ammo to'p posbon qo'riqlayotgan "to'rtburchak" ichiga bormadi.

68. 3:1! NIMALAR BO'LYAPTI! Nemanya Radoya "Barselona" futbolchilari qaytargan to'pni darvozaga tepdi, Buskets to'pni qaytarishga urindi, ammo vaziyat Serxio kutganidek yakunlanmadi va rikoshet golga aylandi.

67. Yana sariq kartochka. Bu safar Langle jazolandi.

66. "Barselona"da ketma-ket o'zgarishlar ro'y berdi: Avvaliga Buskets, endi esa Ansu Fati maydonga tushdi.

65. Sariq kartochka! Pike raqibga qo'pollik ishlatgani uchun jazolandi. Hammasi "Barselona" zarariga ishlayapti.

63. 2:1! "Levante" 3 daqiqa ichida hisobda oldinga o'tib oldi! Borxa Mayoral to'pni jamoadoshidan qabul qildi va ajoyib zarba bilan darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi. Yana ter SHtegen ojiz qoldi.

61. GOL! Hisob tenglashdi! Xose Kampanya maqsadiga erishdi. Kampanya jamoadoshining uzatgan to'pini, yaqin masofadan darvozaga joylab qo'ydi. Ter SHtegen to'pni qaytara olmadi. 1:1

58. Qiziq malumot: Messining chap oyoqda urgan gollari soni 500taga etdi.

56. XAVFLI VAZIYAT! "Levante"ning hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo mezbon jamoa vakili uzatmaga bir soniya kech qoldi va to'pni ter SHtegen egallab oldi.

55. Biroz kechikish uchun o'quvchilardan uzr so'raymiz va translyaciyani davom ettiramiz.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

TANAFFUS

45+2. Takroriy lavhada qiziq holat ko'rsatildi. Penalti bo'lgan hujumdan bir necha soniya oldin "Barselona" futbolchisi ofsaydda qolgan ekan. Lekin gol bekor qilinmasa kerak.

45+1. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Karlos Peres chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashladi, ammo himoyachilar to'pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi.

43. MESSI! Arturo Vidal qanotdan to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatdi, Leo to'pga zo'rg'a etdi va bir amallab zarba berdi. Zarba ko'ngildagidek chiqmagani tufayli darvozabon xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

41. "Barselona"da majburiy o'zgarish: Karlos Peres Luis Suares o'rniga maydonga tushdi.

38. GOL! Messi penaltidan hisobni ochdi va LaLigadagi gollari sonini 5taga etkazib oldi. 

36. Penalti! Miramon o'z jarima maydonchasi ichida Semeduga nisbatan qoida buzdi. Futbolchi ham aybini tan oldi.

34. "Levante" ketma-ket xavfli hujumlar amalga oshirdi va "Barselona" himoyachilarini shoshirib qo'ydi, biroq hech bir hujum gol bilan yakunlanmadi.

28. Statistika: Artur hozirgacha uzatgan 24 paslarning 19tasi manziliga etib borgan ekan.

26. Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni posbon Fernandes ushlab oldi.

25. "Levante" chap burchagi yaqinida Klerk Suaresga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam jarima zarbasi tepilishi kerakligini ko'rsatdi.

22. Uchrashuvning bor-yo'g'i 22 daqiqasi o'tganiga qaramay Antuan Grizmanni maydonning barcha qismida ko'rdik. Yani u himoya, yarim himoya va hujumda ham jamoadoshlariga faol yordam bermoqda.

16. Yana Artur qoida buzdi. To'p oldiringanidan so'ng "Barselona" yarim himoyachisi tezda to'pni qaytarishga urindi va majburan qoida buzdi. Hakam bu safar kechirdi, ammo keyingi fol unga qizil kartochkani "taqdim etsa kerak".

13. Suaresga berilgan kartochka bekor qilindi, biroq o'sha kartochka Arturga ko'rsatildi. VARga rahmat.

12. Hakam Luis Suaresga sariq kartochka ko'rsatdi, ammo qoidani Artur buzgan ekan.

11. Hozircha uchrashuv tempi baland emas, jamoalar bir-birini o'rganish bilan band.

7. "Barselona"ning kombinacion hujumi Luis Suaresning zarbasi bilan yakunlandi. Zarba kuchli bo'lmagani tufayli posbon Fernandes to'pni osonlik bilan egallab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi! Tarkiblar pastroqda.


- "Barselona" maydonga klub akademiyasi - La Masiyaning 40 yilligiga atalgan futbolkalarda chiqib keldi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика