“Levante” – “Barselona”. Daniel Alves diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi
13 jan 2014 11:57
Yangiliklar


“Levante” – “Barselona”. Daniel Alves diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi
“Barselona” klubi himoyachisi Daniel Alves, Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan “Levante”ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.
30 yoshli Braziliya terma jamoasi o'yinchisining chempionat doirasida “Atletiko”ga qarshi o'yinda (0:0) olgan sariq kartochkasi, u uchun ushbu musobaqadagi beshinchi sariq kartochka bo'ldi, deb xabar beradi AS.
Eslatib o'tamiz, “Levante” – “Barselona” bahsi 19 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar