Levandovskining jarohati darajasi qandayligi aytildi

Mirjalol Normatov
12 okt 2020, 23:54
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Polsha termasi tarkibida jarohat olgandi.

UEFA Millatlar ligasi doirasida 11 oktyabr kuni Italiyaga qarshi o'yinda forvard to'pig'idan jarohat olgandi.

"Robertning oyog'ida juda katta ishish va gematoma bor. Jarohat so'zi juda yomon eshitiladi. Bugun u tekshiruvlardan o'tadi. Shifokorlarimiz uni Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinga tayyor holatga keltirishga harakat qilishmoqda. Vaziyatlar rivojini kuzatamiz. Bu savolga aniq javob bera olmayman", - dedi Polsha termasi matbuot kotibi.

Polshaning Bosniya va Gertsegovina termasiga qarshi o'yini 14 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal