Levandovskida "Barsa" bilan kelishuv yo'q. U hali faoliyatini qaerda davom ettirish borasida qaror qabul qilmadi
29 mar 2022 11:07
Yangiliklar


Levandovskida "Barsa" bilan kelishuv yo'q. U hali faoliyatini qaerda davom ettirish borasida qaror qabul qilmadi
Robert Levandovskida "Barselona" bilan kelishuv yo'q.
"Bavariya" hujumchisi hali faoliyatini qaerda davom ettirish borasida qaror qabul qilmadi. U "Barsa" bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani yo'q.
Polyakning "Bavariya" bilan kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va klub hamkorlikni uzaytirish borasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Myunxenliklar bunga qaramay Levandovski bilan muzokaralarni boshlashmadi.
Qayd etish kerakki, bosh to'siq forvardning yillik 25 million evro atrofidagi maoshi bo'lib qolmoqda.
33 yoshli hujumchi joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 45ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar