Levandovski: "O'shanda "Manchester Yunayted"ga o'tishga tayyor edim"
22 dek 2020 14:29
Yangiliklar


Levandovski: "O'shanda "Manchester Yunayted"ga o'tishga tayyor edim"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski 2012 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin kelganini aytdi.
"Dortmunddagi ikkinchi mavsumimdan keyin Ser Aleks Fergyuson bilan gaplashdim. U meni jamoasiga taklif qildi.
Bu taklif juda qiziq edi. Hatto ushbu jamoaga o'tishga tayyor turgandim. Biroq "Borussiya" meni qo'yib yuborishni istamadi. Biroq bu mening jahlimni chiqargani yo'q. CHunki Dortmundda ham ishlarim yaxshi ketayotgandi", - dedi Levandovski.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar