Levandovski: "Koutinoga ko'p vaqt kerak bo'lmaydi"
18 avg 2019 14:14
Yangiliklar


Levandovski: "Koutinoga ko'p vaqt kerak bo'lmaydi"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining fikriga ko'ra, Filippe Koutinoga jamoaga moslashib ketishi uchun ko'p vaqt kerak bo'lmaydi.
Myunxenliklar futbolchini bir yilga ijaraga olishdi. Yaqin vaqtlarda Koutino klub bilan shartnoma imzolaydi.
"Koutino jamoaga moslashib ketishi uchun ko'p vaqt kerak bo'lmaydi. Jamoaning o'yin uslubiga tezda ko'nikib keta oladi. Biz ham bunga yorda berishga harakat qilamiz", - dedi Levandovski.
Koutino "Barselona" tarkibida 76 o'yinda 21 gol urib, 11 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar