Levandovski ECHLda 50ta golni 77 o'yinda kiritdi
28 noy 2018 16:27
Yangiliklar
Levandovski ECHLda 50ta golni 77 o'yinda kiritdi
Kecha tunda ECHL 5-turi doirasida "Bavariya" jamoasi "Benfika"ni qabul qildi va 5:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ana shu bellashuvda myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski dubl qayd etdi. Polshalik forvardning birinchi goli CHempionlar ligasida yubiley 50-gol bo'ldi.
ECHLda 50ta gol urish uchun Robertga 77ta o'yin kerak bo'ldi. Bu musobaqa tarixidagi uchinchi yaxshi natija.
CHempionlar ligasida 50ta golni Levandovskidan ko'ra tezroq faqat Ruud van Nistelroy (62 o'yin) va Lionel Messi (66 o'yin) kiritgan.
Bundan tashqari, Leva ushbu musobaqada ko'p gol urish bo'yicha oltinchi pog'onaga ko'tarilib oldi (51ta gol). Undan ko'proq golni Ruud van Nistelroy (56 gol), Karim Benzema (59), Raul (71), Lionel Messi (105) va Krishtianu Ronaldu (121) kiritgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar