Levandovski: "Bu faoliyatimdagi eng tez xet-trik"
14 iyu 2015 12:45
Yangiliklar


Levandovski: "Bu faoliyatimdagi eng tez xet-trik"
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Gruziyaga qarshi uchrashuvda qayd etgan xet-trigi haqida fikr bildirdi.
Hujumchi 89 daqiqadan 90+3gacha 3ta gol urishga ulgurdi.
"Kutilmagan voqea sodir bo'ldi. Bu kamdan-kam bo'ladi. Faoliyatimdagi eng tez xet-trikka erishdim. Balki tarixdagi ham bo'lishi mumkin. Butun jamoa bugun yaxshi harakat qildi. Barcha futbolchilar oxirigacha kurashdi va bu natija keltirdi. SHu ruxda davom etib, qolgan uchrashuvlarda ham g'alaba qozonamiz deb o'ylayman" - deydi Levandovski.

Fikrlar