Levandovski: "Borussiya"da bir-ikkita muammo bor, ammo ular buni hal qilishadi"
28 okt 2014 16:07
Yangiliklar


Levandovski: "Borussiya"da bir-ikkita muammo bor, ammo ular buni hal qilishadi"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski o'zining sobiq jamoasi "Borussiya"da bazi muammolar borligi haqida gapirib berdi.
"Borussiya"da bir-ikkita muammolar bor, ammo bu haqida havotirlanish shart emas. Ertami kechmi bular hal bo'ladi va ular yana raqobatbardosh jamoaga aylanishadi" - deydi Levandovski.
Yurgen Klopp shogirdlari Bundesligada to'qqiz turdan keyin turnir jadvalida 7 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar