Levandovski 6-xet-trikini nishonladi va...

11 mar 2018, 00:04
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 26-turida “Gamburg” darvozasiga uchta gol kiritib, xet-trikka erishdi.

29 yoshli polshalik futbolchi birinchi bo'limda dublga erishgan bo'lsa, 86-daqiqada penaltini amalga oshirolmadi. Ammo 90-daqiqada ikkinchi bor belgilangan penaltini golga aylantirdi.

Levandovski “Bavariya” tarkibida Bundesligada 100 ta gol kiritgan 6-futbolchi bo'ldi. U Tomas Myuller va Diter Xennes (102 ta gol), Karl-Xaync Rummenigge (162 ta gol), Roland Volfart (199 ta gol) va Gerd Myuller (365 ta gol)dan ortda qolmoqda.

Polsha termasi sardori Bundesliga tarixida 7 ta xet –trik qayd etgan dastlabki legionerga aylandi. Joriy mavsumda u Germaniya chempionatining 24 ta uchrashuvida 23 ta gol urishga erishdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live