Levandovski 4 o'yinda urgan 7 goli haqida nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
29 avg 2021, 13:30
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski "Gerta"ga qarshi o'yindan keyin xet-triki haqida gapirdi.

33 yoshli polshalik forvard ushbu mavsumda 4 o'yinda 7 gol urdi.

"Bugun biz o'yinni nazorat qildik va ko'plab gollar urdik. "Bavariya" gollarga o'ch, men esa o'zimni jismoniy jihatdan yaxshi his qilyapman. Balki ayni damda 3 yil oldingiga qaraganda ham yaxshiroqdirman.

Rekordlar haqida o'ylamayapman. O'z oldimga qo'ygan maqsadlarimga yetishishga intilyapman", - dedi Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal