So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  3 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  3 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Levan Gvazava: “O'zbekistonga pul uchun emas, futbol o'ynash uchun kelganman” Yangiliklar

Levan Gvazava: “O'zbekistonga pul uchun emas, futbol o'ynash uchun kelganman”

“Neftchi” jamoasiga yangi taklif etilgan futbolchilar orasida Levani Gvazava ham bor.
Asli gruziyalik bo'lgan ushbu o'yinchi Rossiya pasportiga ham ega. Zukko va sinchkov muxlislar uni yaxshi bilishsa kerak. Faoliyati davomida Rossiya premerligasida to'p surgan. Xatto “Alaniya”da Mirjalol Qosimov bilan ham birga o'ynagan. Yaqinda “Neftchi” bosh murabbiyi Murod Ismoilov intervyu berib Gvazava haqida iliq fikrlarni bildirgandi. U chinakam professional futbolchi, ko'pni ko'rgan va etarlicha tajribaga ega. Aslida bunday yuqori saviyadagi o'yinchilarning narxi ham qimmat turadi. Biroq Gvazava yana futbol o'ynashni istadi. U pulga o'ch emas. Masalan, Gruziyada qarindosh-urug'lari, yaqinlari, umuman 20dan ortiq insonlarni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlab turadi. U qaysi klubda o'ynamasin hamisha o'zidan yorqin taassurotlar qoldirgan. “Terek”da o'ynagan paytida CHechiniston prezidenti Ramzan Qodirovning etiborini ham qozongan. “Terek” o'ta muhim o'yinda g'alab qozongan va bunda Levan Gvazavaning ham hissasi katta bo'lgan. U uchrashuv paytida jamoadoshiga chiroyli tarzda golli pasni uzatadi. O'yindan keyin esa Ramzan Qodirov aynan Gvazagava golli pas uzatgani bois sahiylik ko'rsatadi va unga tanla: qimmatbaho mashinami yoki pul? deb murojaat qiladi. Futbolchining mashinalari etarli bo'lganligi sababli Ramzan Qodirovdan pulni olishni maqul ko'rgan.

Ushbu o'yinchi bilan eksklyuziv intervyu olishni anchadan beri rejalashtirib qo'ygandik. SHu maqsadda 20 mart kuni Farg'onaga safar uyushtirdik. U erda bizni kutib olgan “Neftchi” klubining matbuot kotibi Abror Dehqonovga maqsadimizni aytganimizda roziligini bildirdi. Faqat bosh murabbiydan ham ruxsat so'rash kerakligini alohida uqtirdi. Klub qarorgohiga borganimizda Murod Ismoilov murabbiylar shtabi bilan kichik yig'ilish o'tkazayotgan ekan. O'zaro majlis tugaganidan keyin bosh murabbiyning xonasiga kirdik va u bizni iliq qarshi oldi. Murod Muzaffarovichga maqsadimizni tushuntirganimizda qarshilik qilmadi-yu, ammo “Paxtakor” bilan o'yindan keyin gaplashsangizchi”, deb so'radi. Lekin u bilan suhbatimizga mazkur o'yinning aloqasi yo'qligini aytganimizdan so'ng bosh murabbiy rozi bo'ldi. “Faqat yarim soatdan keyin mashg'ulotimiz boshlanadi. Ungacha Gvazava sizning ixtiyoringizda” dedi va Ismoilov bilan xayrlashdik. Ushbu suhbatni uyushtirishda yaqinda yordam bergani uchun “Neftchi” matbuot kotibiga minnatdorligimizni bildiramiz.   

- Salom, Levan! Yurtimizga xush kelibsiz?
- Rahmat.

- “Neftchi”ga qanday qilib keldingiz?
- Hammasi oddiy. Yaqin tanishlarimdan biri “Neftchi” haqida aytganidan keyin taqdir taqozosi bilan shu erga keldim.  

- Aytingchi, faoliyatingizni O'zbekistonda davom ettirish haqida ilk bor eshitganingizda qanday holatga tushdingiz?
- Bilasizmi, menga bu O'zbekiston klublaridan birinchi taklif emas. Bir yarim yil muqaddam Hakim Fuzaylov meni “Lokomotiv”da ko'rmoqchi ekanligini aytgandi. Uning ukasi Rahmatullo Fuzaylov bilan birga to'p surganman. SHu bois akasi meni yaxshi bilardi. Uning taklifi yomon emasdi-yu, ammo negadir transfer amalga oshmagan. “Neftchi”dan oldin Rossiya birinchi divizoni jamoalaridan ham chaqiruvlar bo'ldi. Bilsangiz kerak, Rossiya juda katta mamlakat. U erda boshqa shaharga borish uchun samolyotda ko'p vaqt ketadi. Men esa bunday uzoq parvozlarda yuraverib zerikkanman. O'zbekistonda esa transport masalasi qulayroq. SHu sababli ikkilanmasdan yurtingizga kelishga qaror qildim.   

- Ilk bor yurtimizga kelib faoliyatingizni boshlab ham oldingiz. SHuni hisobga olganda, hozircha olayotgan ilk taassurotlaringiz nimalardan iborat?
- O'zbekiston futbolida asosan texnik va taktik tarafga ko'proq etibor beriladi. Rossiyada esa qattiq kurash kechadi. U erda futbolchilarning jismoniy holati ham yuqori saviyada bo'ladi.

- Umuman aytganda, sizga yoqyaptimi?
- To'g'risini aytaman, bu erdagi maydonlarni ko'rib ko'nglim xira bo'ldi. Agarda texnik va taktikaga moslab o'yin ko'rsatmoqchi ekansiz, bunday maydonda hech nima qila olmaysiz. Lekin tez orada maydonlarning sifati yaxshilanishiga vada berishdi.

- Faoliyatingiz davomida Rossiya premerligasida “Alaniya”, “Spartak-Nalchik”, “Ximki”, “Terek” singari klublarning asosiy tarkiblarida to'p surganingizdan xabardormiz. O'z vaqtida kuchli chempionatda o'ynagan futbolchining endilikda O'zbekistonda to'p surishi o'zingizga qanday tuyulyapti?
- O'zbekiston Rivaldo o'ynagan. Ziko va Skolari singari mashhur murabbiylar ishlagan. Ularing oldida men kimman? Oddiy futbolchiman xolos. O'zimni hech qachon yulduz o'yinchi deb hisoblamayman. To'g'ri, Rossiya premerligasida to'p surganman, lekin bu bilan o'zimni boshqalardan ustun qo'ymayman. Bu erda o'zimni juda yahshi his qilyapman.

- Sizning yorqin faoliyatingiz hozirgacha Rossiyada o'tgan. U erdagi hayotingizdan qoniqqanmisiz?

- U erda to'p surib yomon bo'lganim yo'q. Rossiyada nasib qilganicha o'ynaganman. Xudo berganidan ortig'ini ololmaymiz. Balki ertaroq jarohat olib safdan chiqqanimda faoliyatimni barvarqt yakunlagan bo'lishim ham mumkin edi. SHu sababli hammasi uchun Xudoga shukur qilaman, nolimayman.

- U erda qattiq jang kechadigan chempionat to'p surib yuqori saviyani his qilgansiz. Bizning chempionatga kelib bu borada o'zingiz uchun engillikni sezyapsizmi?
- Yo'q, men bu erda futbol o'ynash engil deb aytmagan bo'lardim. Futbolchiga bunaqangi solishtirishlar to'g'ri kelmaydi. U qaerda o'ynashidan qatiy nazar doim o'z vazifasini bajarishi shart. O'zbekistonga kelgan birinchi kunimdanoq maydonlarning sifatsizligi meni yoqimsizlantirdi. Bunday maydonlarda to'pni sherigingizga o'zingiz istaganingizdek uzata olmaysiz. Rossiya premerligasi bilan solishtirganda bu erdagi maydonlar og'riqli nuqta ekan. Lekin eshitishimcha, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” kabi jamoalarning maydonlari yaxshiroq ekan. Qachonki yaxshi maydonda o'ynasangiz jamodaoshingizga qulay va aniq paslarni etkaza olasiz. Nobop maydonda esa futbolchi to'pdan tezroq qutulish haqida o'ylaydi.

- Qiziq, nima uchun “Neftchi” bilan faqat olti oyga shartnoma tuzdingiz?

- Olti oyga shartnoma tuzganimga kelsak, men bu erdagi vaziyatni mutlaqo bilmasdim. Jamoa qanaqa, muhit, bu erdagi hayotga ko'nikamanmi-yo'qmi, shularni hisobga olgan holda hozircha olti oyga shartnoma imzolaganman. Balki hammasi yaxshi bo'lib, klubga har tomonlama ko'nikib ketsam shartnomani uzaytiraman. O'zbekiston chempionati men uchun yangi chempionat. SHuning uchun unga qanday moslashishimni oldindan bilmasdim. Qolaversa, mahalliy muxlislar meni qanday qabul qilishlarini ham aniq ayta olmayman. Bularning barchasi uchun menga vaqt kerak.  

- Nima uchun oxirgi bir yil davomida hech qaerda to'p surmadingiz?

- “Terek” klubidan ketganimdan keyin “Ximki”dan taklif tushgandi va u erga borgandim. Lekin agent bilan o'rtamizda tushunarsiz vaziyat yuzaga keldi. U bilan muammoni hal qilguncha men o'ynay olmadim, vaziyat o'zgarishini kutib uyda o'tirishga majbur bo'lib qoldim. Bungacha oradan ancha vaqt o'tib ketdi. Biroq men futbolsiz yashay olmasdim. Rossiyadan boshqa takliflar bo'lgan bo'lsada, uzoq uchishlar, uzoq safarlar jonimga tekkandi. SHu narsalar menga kerakmi, degan savol bilan o'ylanib yurdim. Men uchun o'zimni yangi chempionatda sinab ko'rish qiziqarliroq tuyuldi.

- Siz uchun debyut singari O'zbekiston yangi mamlakat. Bu erdagi jamoa, futbolchilar, muxlislar, umuman hayotingiz o'zgardi. Bularni his qilganingizda nimanidir kashf qilmoqchimisiz?
- Men o'z oldimga aniq maqsad qo'ymaganman. Faqat jamoaning maqsadi yo'lida men ham o'z hissamni qo'shmoqchiman. O'zbek muxlislarida o'zim uchun yaxshi iz qoldirishni xohlayman. Bizning jamoa yangidan tuzildi. Klub o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishish uchun baribir vaqt kerak. Hech qachon nimagadir erishmoqchi bo'lsangiz bunga birdaniga erisha olmaysiz. Misol uchun “Anji”ning holatini hamma ko'rdi. Ular yulduzlarni yig'ib ertagayoq chempion bo'lishmoqchi edi. Lekin oxiri nima bo'ldi? Klub baribir yangi tuzilgani sababli maqsadga qisqa fursat ichida erisha olmaydi. Buni “Anji” misolida ham ko'rdik. Futbolni sira alday olmaymiz. Hamma narsaga xohlasak-hoxlamasak vaqt zarur. Bu narsani muxlislar ham yaxshi tushunishlarini istardim. “Neftchi” yangi barpo etilayotgani sababli mag'lubiyatlarni ham to'g'ri qabul qilishlari kerak.

- Bilamizki, ilgari to'p surgan jamoalaringiz orasida nomdor va etakchi o'yinchilar bilan birga to'p surgansiz. Bu borada kimlarni alohida ayta olasiz?

- To'g'ri ko'plab o'yinchilar bilan birga to'p surganman. Masalan, O'zbek futbolining tirik afsonasi Mirjalol Qosimov bilan bitta jamoada o'ynaganimdan faxrlanib yuraman. Bilamanki, u O'zbekistonning iftixori va faxri sanaladi. Lekin o'ynagan jamoalarimda unga o'xshash o'yinchilar ko'p edi. SHu sababli hech kimni alohida ajratib ko'rsata olmayman.  

- Yurtimizga kelganingizdan so'ng Mirjalol Qosimov bilan gaplashdingizmi?

- Ha, u bilan bir marta telefon orqali suhbatlashdim. Mirjalol Qosimov bilan gaplashish juda maroqli. SHuning uchun oldingi o'ynagan paytlarimizni esladik.  

- “Neftchi”ga qo'shilganingizda ko'zingizga hamma o'yinchi notanish bo'lib ko'ringandir-a?
- Avval Moldaviyada “Zimbru” uchun to'p surib chempion bo'lganmiz. O'sha paytlarda maydon chetida bizga to'p olib keladigan yosh bolalar bo'lardi. Bu erga kelgach Onikani uchratdim. Aynan u men o'ynagan paytda maydon chetida bizga to'pni olib berardi. SHuning uchun uni oz-moz tanidim. Darvoqe, Vladimir SHishelovni ham yaxshi bilaman.   

- Sizdan Rossiya yoki Gruziyadagi tanishlaringiz O'zbekiston futboli va uning chempionati haqida so'rashsa nima deb javob berasiz?
- Hozircha ko'p o'yinda qatnashganim yo'q. SHu sababli men uchun bir narsa deyish qiyin. Misol uchun Buxoroga bordik va u erda maydonning sifatsiz ekanligi yodimda qoldi. Vaqt o'tishi bilan chempionatingiz haqida etarlicha tasavvurga ega bo'lganimdan keyin tanishlarimga nimadir aytsam bo'ladi. Lekin shunisi aniqki, O'zbekiston futbolining saviyasi oshib boryapti. Nasib qilsa tez orada yangi stadionda o'ynashni boshlaymiz. U erdagi maydon yaxshi holatda. O'ylaymanki, yana bir-ikki yildan so'ng bu erdagi futbol bundanda rivojlangan bo'ladi. Biz yanada yaxshiroq maydonlarda to'p surishni va muxlislarni xursand qilishni istaymiz.

- Levani, bunga qadar O'zbekiston futboli va “Neftchi” haqida qanday tasavvurlarga ega bo'lgansiz?

- Ochig'ini aytsam, bu borada ko'p malumotlarga ega bo'lmaganman. O'zbekistonga kelish haqida avval o'ylamaganim bois ham unchalik qiziqmaganman. Bor etiborimni asosan o'ynagan jamoalarimga qaratganman. Mana endi yurtingizdaman. Men bu erga faqat futbol o'ynash uchun kelganman. Pul men uchun dolzarb emas, hayotda o'zimga to'q insonman, hamma narsam bor. SHuning uchun faqatgina futbol o'ynab undan lazzatlangim keladi.   

- Keyinchalik “Neftchi”ga yo'l olayotganingizda uning qanday klub ekanligini bilganmisiz?
- Iloji boricha malumotlar olishga harakat qildim-u, ammo ko'p emasdi. Negaki, saytlardagi yangiliklar asosan o'zbek tilida ekan. Rus tilidagi yangilik va xabarlar kamligi uchun etarlicha malumot ololmadim. Faqat bu erga kelganimdan keyin futbolchilar bilan gaplashib bu qanday klub bo'lganligini va ilgari bir necha bor O'zbekiston chempioni va qator sovrinlarni yutganligini bildim.   

- Keyinchalik yangi jamoangizning tarixi qanday bo'lganligini tushunib etdingiz shundaymi?
- Tarix o'z nomi bilan tarix. Biz esa jamoaga yordam berish uchun o'sha tarixni davom ettirish uchun kelganmiz. Bizdan keyin ham uning ananalarini davom ettiradilar.

- Rossiyadagi faoliyatingizdan keyin ham o'sha erdagi do'stlaringiz bilan haligacha munosabatni saqlab kelyapsizmi?
- Laxiyalov, Asildarov, Vlasov, Brakamonte, Bilyaletdinov, Smirnov, umuman olganda, juda ko'p futbolchilar bilan aloqada bo'lib turaman.

- Bundan keyingi hayotingizni qanday tasavvur qilyapsiz? Yani, keyinchalik yana Rossiyaga qaytish niyatingiz bormi?
- Ertaga nima bo'lishini Xudo biladi. Kelajagim qanday kechishini hozirdan tasavvur qila olmayman. Bu – hayot, unda har xil holatlar bo'lishi mumkin.

- Hozircha klub qarorgohida istiqomat qilyapsiz. Keyinchalik alohida uyda yashamoqchimisiz?
- Keyinchalik kvartira olish niyatim bor. Bazada har kuni bir xil hayot tarzi insonni zeriktirib yuboradi. Balki kvartiraga chiqsam oilamni ham olib kelishim mumkin.

- Oilangiz Gruziyadami?
- Yo'q ular Moskvada yashashadi. Ota-onam, aka-ukalarim va qarindoshlarim Gruziyada istiqomat qiladilar.

- Nechta farzandingiz bor?

- 2ta o'g'lim bor.

- Gruziyadan ko'plab o'yinchilar chempionatimizga kelib to'p surishgan. Bundan xabaringiz bormi?
- Balki o'ynashgandir, ammo aniq kimnidir ayta olmayman. “Buxoro”ga qarshi o'ynaganimizda ularning tarkibida gruziliyalik futbolchi to'p surar ekan, familyasi...

- Kvesieshvili...
- Ha, o'sha. Hozircha u bilan tanishdim.

- Gruziya terma jamoasida...
- “Terek”da to'p surgan paytimda milliy terma jamoaga meni 3-4 marta chaqirishgan. Lekin men Rossiya fuqarosiga aylangandim. Agar Gruziya uchun o'ynaydigan bo'lsam, u holda yana Gruziya pasportiga ega bo'lishim kerak bo'lardi. Antaliyadagi yig'in paytida bu borada Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi Temuri Kecbaya bilan ham gaplashdim. Lekin “Terek” rahbariyati meni legioner bo'lib o'ynashimni xohlashmadi. SHu bois Rossiya pasportini olganman. Bu jamoa menga barcha shart-sharoitlarni yaratib bergandi, hamma qulayliklarga ega edim. SHuning uchun ularning yuziga oyoq qo'ya olmasdim.

- Rossiya fuqarosi bo'lganingiz tufayli Gruziya terma jamoasida to'p surish imkoniyatidan mahrum bo'lgansiz. Bu holat sizni afsuslantirganmi?

- Yo'q, bundan afsuslanmayman. Hayotda o'ylagan barcha narsalarimga aynan Rossiyada erishdim. Balki o'z vaqtida buning uchun afsuslangan paytlarim ham bo'lgandir. Ilgari Rossiya bilan Gruziya o'rtasidagi nizo tufayli u erda o'ynashga qiynalganman, ayniqsa xujjat ishlarida. Men esa futbol o'ynashni juda xohlaganman. SHuning uchun rafiqam bilan maslahatlashib Rossiya fuqaroligini qabul qilishim men uchun to'g'ri yo'l bo'lishini bilganmiz.

- Mahalliy muxlislar uchun qanday gaplaringiz bor?
- Stadionga kelib pista chaqib bo'lar-bo'lmasga baqirib ketadigan muxlislar uchun emas, balki jamoasi uchun chin dildan ishqibozlik qiladigan va qayg'uradiganlar uchun omad tilayman. Baribir jamoamiz yangi tuzilgan va o'ylangan klubni shakllantirish uchun vaqt kerak. SHu bois muxlislarimiz sabrli bo'lishlarini istayman. Lekin men “Neftchi” yanada yaxshi jamoa bo'lishiga ishonaman. Har qanday sharoitda qo'limizdan kelganicha ularni xursand qilishga harakat qilaveramiz. Rahbariyat, murabbiylar shtabi va o'yinchilarning ham tilagi shunday. Bazilari futbolga shunchaqi vaqt o'tkazish uchun keladilar. Haqiqiy ishqiboz biz jarohat olsak, uning o'zi jarohat olgandek, agar qayg'ursak u ham qayg'urgandek o'ziga singdiradi. Ana ularni chinakam muxlis sifatida qabul qilaman va hurmat qilaman.   

- Aslida jurnalistlar uchun intervyu berishga xohishingiz qanday?

- Intervyu berish futbolchining vazifasiga kiradi. Sizning vazifangiz esa futbolchilardan intervyu olish. Bu bizning burchimizdir. Hech qachon jurnalistlarga rad javobini bermayman.

- Samimiy suhbat uchun rahmat sizga. O'zbekistondagi faoliyatingizga omad tilaymiz.
- Sizga ham rahmat. Balki yana ko'risharmiz...

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика