Lev Vaxtin 80 yoshda!
19 dek 2013 09:52
Yangiliklar

Lev Vaxtin 80 yoshda!
Farg'ona futbolining jonkuyarlaridan biri – shubhasiz Lev Viktorovich Vaxtindir.
Bugun “Neftchi”ning shonli tarixini yaratishda o'zining ulkan hissasini qushgan Lev Vaxtinning tug'ilgan kuni. “Neftchi” klubida faoliyatini davom ettirayotgan mutaxassis bugun qutlug' 80 yoshini qarshi oldi. SHu munosabat bilan “Neftchi” PFK rahbariyati, futbolchilar va klub xodimlari Lev Viktorovich Vaxtinni tabriklaydi.
“Neftchi”ga bahshida umr
Hech bir mubolag'asiz Lev Vaxtinni Farg'ona futbolining buyuk shaxsi deyish mumkin. Ushbu mutaxassis umrining ko'p qismini “Neftchi”ga bag'ishlagan. Avvaliga futbolchi sifatida “Neftchi”ga kelgan Lev Vaxtin keyinchalik klub raisi va ko'plab lavozimlarda faoliyat yuritgan. Umuman jamoaning shonli tarixida Vaxtin muhim rol o'ynaydi. Jamoaning muvaffaqiyatlarida uning hissasi beqiyos.
Qimmatli maslahatlar
Xalqimizda “Qari bilgani pari bilmas” degan maqol bor. Klubdagi o'zgarishlardan keyin o'z arizasiga binoan klub raisligidan ozod etilgan Lev Viktorovich ko'p o'tmay yana jonajon ishiga qaytdi. Ayni damda Lev Vaxtin klub raisi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning qimmatli maslahatlari jamoaning oldingi salohiyatini tiklashiga yordam berishi shubhasiz.
Hamisha navqiron
Bugun Lev Vaxtin uchun o'ziga xos yubiley. U kishi 80 yoshini qarshi olmoqda. Ammo uning shijoati cheksiz. Lev Viktorovichni bekorga hamisha navqiron deb atashmaydi. Negaki, u kishi tinmay izlanishda. Doimo yangiliklar izlaydi.
Mehnatga yarasha rag'bat
Malumki, 2012 yilda O'zbekiston Futbol federaciyasi tomonidan mamlakat futbolini rivojlantirish va ommaviylashtirishga ulkan hissa qo'shayotgan, iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlash, tayyorlash va tarbiyalashda salmoqli xizmat qilayotgan, xalqaro futbol maydonlarida O'zbekiston nomini va bayrog'ini baland ko'tarish yo'lida mehnat qilayotgan shaxslarni rag'batlantirish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi esdalik nishonini tasis etgandi va uni bir qator mutaxassislarga topshirgandi.
Mana shunday baxtli insonlar qatorida Lev Viktorovich Vaxtin ham bor edi.
Yana bir bor qutlug' 80 yoshiningiz muborak bo'lsin, hurmatli Lev Viktorovich!

Fikrlar