"Lester"ning yangi sardori ma'lum

Sherzod Nurmatov
12 avg 2021, 22:06
"Tulkilar" yetakchisi maqomiga Kasper Shmeyxel loyiq ko'rildi.

Daniyalik darvozabon Kasper Shmeyxel "Lester Siti" sardori etib tayinlandi. Bu haqda klub ustozi Brendan Rojers xabar berdi. Jamoaning vice-sardori Jonni Evans bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, ushbu yozda 37 yoshli Ues Morgan faoliyatini tugatdi. U 2012 yildan beri "Lester" sardori hisoblanardi.

Shmeyxel oxirgi yillarda Morgan o'yinlarda qatnashmagan paytlarda jamoani maydonga boshlab tushayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: lcfc.com