"Lester"ning sobiq yordamchi murabbiyi saraton kasalligiga chalindi
13 okt 2023 02:15
Yangiliklar
"Lester"ning sobiq yordamchi murabbiyi saraton kasalligiga chalindi
"Lester"ning sobiq yordamchi murabbiyi Kreyg SHekspir saraton kasalligidan davolanmoqda.
Bu haqda 59 yoshli mutaxassis nomidan “Lester” matbuot xizmati xabar berdi.
"Kreyg bildirilgan ezgu tilaklar va ushbu og'ir damlarda o'zi va oilasi uchun yaratilgan sharoit uchun juda minnatdor", - deyiladi klub bayonotida.
Kreyg SHekspir turli vaqtlarda "Lester"ning yordamchi murabbiyi bo'lib ishlagan va 2017 yilda jamoani boshqargan. Angliyalik mutaxassis 2022/23 yilgi mavsum yakunida bosh murabbiy Din Smit bilan birga klubni tark etdi.
SHekspir 2015/16 yilgi mavsumda Klaudio Ranerining yordamchisi bo'lgan, o'shanda "Lester" tarixda ilk marotaba Angliya chempioni bo'lgan.
Fikrlar