"Lester" yozda o'z yulduzini qo'yib yuborishga tayyor

Aslanov Jasurbek
27 mar 2018, 14:54
"Lester Siti" yozgi transfer oynasida jamoa yarim himoyachisi Riyad Marezni sotishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati jazoirlik futbolchini sotishga qaror qilgan.

Marezning "tulkilar" bilan shartnomasi 2 yildan so'ng yakunlanadi, shu sababli klub 27 yoshli futbolchi transferidan yaxshigina pul ishlab olmoqchi.

Qishki transfer oynasida Marez "Manchester Siti"ga o'tish borasida kelishib olgan edi, biroq "tulkilar" uni "shaharliklar" safiga qo'yib yubormadi, shundan so'ng futbolchi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi va 10 kun o'tib jamoa safiga qaqytdi.

Joriy mavsum xavbek APLning 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 10ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Leicester Mercury