“Lester” Ulloani 2 mln. evroga “Alaves”ga sotishni istamadi
24 jan 2017 01:20
Yangiliklar
“Lester” Ulloani 2 mln. evroga “Alaves”ga sotishni istamadi
Angliyaning “Lester Siti” klubi hujumchisi Leonardo Ulloa faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin edi.
Lekin Angliya chempionlari futbolchini “Alaves”ga qo'yib yuborishni istashmadi. Ispan klubi Ulloaga 1,7 mln. funt sterling (taxminan 2 mln. evro) taklif qilgandi.
Bu summa “tulkilar” rahbariyatini qoniqtirmadi. Ispaniya chempionatining 19-turidan so'ng “Alaves” 23 ochko bilan turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.
Argentinalik bu hujumchi APLda “Lester” sharafini 12ta o'yinda himoya qilgan. Ammo, faqat bir marotaba boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan. Maydonda umumiy 240 daqiqa harakat qilgan Ulloa bor yo'g'i bitta to'p kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar