"Lester" Tilemans bilan shartnomani uzaytirmoqchi
20 iyu 2021 14:14
Yangiliklar
"Lester" Tilemans bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Belgiya terma jamoasi va "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans hozirgi klubi bilan yangi mehnat shartnomasi imzolashi mumkin.
"Tulkilar" rahbariyati tez orada o'yinchi bilan yangi bitim borasida muzokaralarni boshlaydi. Klub u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi.
Tilemansning "Lester" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Yuri o'tgan mavsum APL doirasidagi 38ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar