So’nggi yangiliklar

22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  34 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

APL. "Lester Siti" o'z maydonida "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

APL. "Lester Siti" o'z maydonida "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynadi

APLning 15-tur doirasidagi "Lester" - "Manchester Yunayted" o'yini yakuniga etdi.

Leicester City

Harvey Barnes - 31', Axel Tuanzebe - 85'

Premier League . 15-tur

26/12/2020, 17:30

2
:
2
Tugadi

Manchester United

Marcus Rashford - 23', Bruno Fernandes - 79'

Stadion: King Power Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
31'  Harvey Barnes
31'  James Maddison
54'  James Maddison
81'  Marc Albrighton (Ayoze Perez)
85'  Axel Tuanzebe
89'  Wilfred Ndidi
23'  Marcus Rashford
23'  Bruno Fernandes
45'  Bruno Fernandes
54'  Daniel James (Paul Pogba)
66'  Victor Nilsson Lindeloef (Axel Tuanzebe)
75'  Anthony Martial (Edinson Cavani)
79'  Bruno Fernandes
79'  Edinson Cavani

"Lester" – "Manchester Yunayted" 2:2

"King Pauer"

Gollar: 0:1 – 23 Reshford, 1:1 – 31 Barns, 1:2 – 79 Brunu Fernandesh, 2:2 – 85 Vardi.

"Lester" – SHmeyxel, Evans, Djastin, Kastan, Fofana, Tilemans, Olbrayton (Peres, 81), Ndidi, Meddison, Barns, Vardi.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Maguayr, Bayi, Lindelef (Tuanzebe, 66), SHou, Maktomini, Brunu Fernandesh, Fred, Djeyms (Pogba, 54), Marsyal (Kavani, 75), Reshford.

Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh (45), Meddison (54), Ndidi (89).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. ZARBAAA! Peres jamoadoshining zarbasidan so'ng to'pni darvozaga burib yuborishi mumkin edi, ammo u to'pga tuzukroq tega olmadi va to'p maydonni tark etdi.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. GOOOL! VARDIIII! Jeymi Vardi Peresning qanotdan uzatgan to'pini erlatib darvozaga burdi. To'p yo'l-yo'lakay Tuanzebega tegdi va biroz yo'nalishini o'zgartirdi, ammo shunga qaramay darvozaga kirib ketdi.

79. GOOOL! Fernandesh hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. Kavani to'pni qabul qildi va ochilib borayotgan Brunoga pas berdi, portugaliyalik esa imkoniyatni qo'ldan boy bermay, gol urdi.

75. MYUda o'zgarish: Antoni Marsyal o'rniga Edinson Kavani maydonga tushdi.

70. Maguayr standartdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

68. Mehmonlar tuzukroq hujum uyushtira olmayapti.

66. MYU safida o'zgarish: Lindelyof o'rniga Tuanzebe maydonga tushdi.

61. GOOOL! Ammo yon hakam bayroqchasini ko'tardi. VAR orqali hakamning qarori tasdiqlandi.

60. Reshford yana birga-bir chiqdi, ammo bu safargi duelda SHmeyxel g'olib chiqdi.

59. "Lester Siti" hujumda juda faol. "Tulkilar" o'yinni nazorat qilmoqda.

54. Meddison raqibning qarshi hujumini fol bilan to'xtatgani uchun sariq kartochka oldi.

53. Meddisonning zarbasi jonli devordagi futbolchining boshiga tegib, maydonni tark etdi.

52. Fredning darvozabonga uzatgan to'pi Bayining qo'liga tegdi va deyarli jarima chizig'i ustida standart vaziyat yuzaga keldi.

48. MYU hujumga o'tishga qiynalmoqda, "Lester Siti" to'pga egalik qilib, bunga imkon bermayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Hisob tenglashganidan so'ng MYU ko'proq hujum qilishni boshladi, ammo hozircha natija yo'q.

37. Lyuk SHou jarimadan to'pni raqib maydonchasiga tashlab berdi, Fernandesh to'pni boshi bilan darvozaga burishga urindi, ammo uddasidan chiqa olmadi.

31. GOOOL! Barnsdan super zarba! "Lester Siti" futbolchisi raqib jarima maydonchasiga kirmay, zarba berishga qaror qildi va adashmadi. 1:1


23. GOOOL! Reshford maqsadiga erishdi. Fernandeshning kelayotgan to'pga bir teginishi tufayli Reshford raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqdi va osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi.


21. Tilemans MYU darvozasiga kuchli zarba berdi, ammo to'p yo'l-yo'lakay Barnsning qo'liga tegdi va hakam fol qayd etdi.

16. O'yin tempi biroz tushdi va jamoalar ketma-ket hujum qilishdan to'xtab, ko'proq to'pga egalik qilishga urinishmoqda.

9. XAVFLI VAZIYAT!!! "Lester" hisobni ochishga yaqin keldi, ammo Vardining zarbasidan so'ng to'p darvoza yonidan o'tib ketdi. Buning ustiga o'yindan tashqari holat ekan.

3. "Lester" tezkorlik bilan raqib hujumiga javob berdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Vardi zarba berdi, noaniq.

2. Reshford Fernandeshning ajoyib uzatmasini boshi bilan golga aylantirishi mumkin edi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


APL TURNIR JADVALI

"Lester": SHmeyxel, Evans, Jastin, Kastan, Fofana, Tilemans, Olbrayton, Ndidi, Meddison, Barns, Vardi.

"Manchester Yunayted": De Xea, Maguayr, Bayi, Lindelyof, SHou, Maktomini, Brunu Fernandesh, Fred, Jeyms, Marsyal, Reshford.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика