So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  6 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  40 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

APL. "Manchester Yunayted" "Lester"ni mag'lub etib, ECHLning to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmasiga ega chiqdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" "Lester"ni mag'lub etib, ECHLning to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmasiga ega chiqdi

APLning so'nggi 38-turi doirasidagi "Lester" – "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Lester – Manchester Yunayted 0:2

20.00, «King Pauer»

Gol: Fernandesh (70-pen), Lingard (90+8).

Lester – SHmeyxel, Evans, Jastin, Morgan, Tomas (Xerst, 88), Tilemans (Barns, 73), CHouduri (Prat, 73), Olbrayton (Grey, 73), Ndidi, Vardi, Ixeanacho (Peres, 58).

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Maguayr, Uilyams, Uan-Bissaka, Brunu Fernandesh (MakTomini, 86), Matich, Pogba, Marsyal, Grinvud (Lingard, 77), Reshford.

Ogohlantirish: Maguayr (9), Lindelof (63), Evans (69), Pogba (90), Uilyams (90+2).

CHetlatish: Evans (90+4).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Manchester Yunayted" APLni 3-o'rin bilan yakunlab, kelasi mavsumda ECHLda ishtirok etish uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqdi! Jamoa muxlislarini tabriklaymiz. "CHelsi" esa 4-o'rinda qoldi. "Lester" esa "qopdan tushib qoldi". Ajoyib mavsum uchun mankunianliklarga rahmat aytamiz. Sizlar bilan Mirjalol Normatov bo'ldi.

Daxshat. MYU ushbu mavsumda "Lester"ni, "Manchester Siti"ni, "CHelsi"ni uyda ham safarda ham mag'lub etdi. Ole bolalari)

90+8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! LINGAAAAARRRRDDDDD!!! SHmeyxeldan super sovg'ani MYUning "zararkunanda" futbolchisi foydalanib ketdi va MYUning mavsumdagi so'nggi golini urdi. Super yakun!

90+5. Masala hal do'stlar. Butun bir mavsum davomida 5-o'rinda yurgan mankunianliklar APLni 3-o'rin bilan yakunlashi deyarli aniq. Meddison o'tirib, MYUga o'tish haqida o'ylash haqida o'ylayotgandir)

90+4. Nahotki, butun mavsum 2-o'rinda borgan "Lester" ECHL yo'llanmasidan chetda qoladi. Qarang, Evans qizil oldi. 

90+3. Hujumda fol. Hech nima bo'lmadi.

90+2. "Lester"da standart. SHmeyxel ham etib kelgan.

90+1. Xerstning tasodifan boshi bilan yo'llagan zarbasini De Xea ushlab oldi.

5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Sulsher shunaqangi sokin o'tiribdiki, televizorda melodrama ko'rayotgandek tuyulmoqda.

86. Fernandesh o'rnini MakTominiga bo'shatib berdi.

84. "Lester" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Greyning zarbasi jonli devordagi Matichga tegib, maydonni tark etdi.

83. ZARBAAAAA!!! Peresning zarbasi biroz noaniq ketdi.

82. Endi "Lester" himoyaga o'tib oldi. MYU raqibiga imkoniyat bermayapti. Birinchi bo'limda biroz qo'rqitib o'ynagan Matich hamda Maguayr o'zini tiklab oldi.

80. Aytgancha, Maguayr ushbu mavsumda APLda barcha turda asosiy tarkibda o'ynadi. U 1994/95 yilgi mavsumdan buyon shunday natijaga erishgan ilk futbolchi bo'ldi. Qoyil, na jarohat, na diskvalifikaciyaga uchramadi u.

79. "Lester" endi uyg'ondi. Bir necha zarbalarni mankunianliklar himoyachilari qaytardi.

77. MYU tarkibida ham ilk o'zgarish. Grinvud o'rnini Lingard egalladi.

75. UXXXXXX!! Hisob tenglashishi mumkin edi. Barns yaqin masofadan zarba yo'lladi. De Xea to'pni ushlab oldi.

70. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Fernandesh hisobni ochdi!! 0:1!

69. PENALTIIIIIIIII!!!! Evans o'z jarima maydonchasi ichida Marsyalni yiqitdi. Fernandesh to'p oldida.

65. Ikki tomon ham shoshilmayapti. Umuman... MYU ham, "Lester" ham gol urish uchun intilmayapti. O'yin 0:0 hisobi bilan tugasa ham ajablanmayman.

63. Vardiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun Lindelof ogohlantirildi.

60. ZARBAAAAAAAAA!!! Tilemansning jarimadan uzatgan to'piga Vardi boshi bilan zarba berdi. To'p havoda uchib borib, darvoza to'sin va ustuni kesishgan nuqtaga tegib, maydonni tark etdi.

59. Grinvud MYU jarima maydonchasi yonida Peresni yiqitdi. Standart vaziyat.

57. "Lester" 10 kishi himoyada 10 kishi hujumda uslubida o'ynamoqda.

54. "King Pauer" uzra yomg'ir yog'ib turgan bir paytda Ayose Peres uchrashuvga tushishga tayyorlanmoqda.

52. "Lester" yana bir vaziyat yaratdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Uilyams qaytarib yubordi.

51. "Lester"ning pressingi ish bermoqda. MYU juda ko'p marta to'p yo'qotdi. Buni ko'rib turibmiz.

48. Maguayr to'pni oldirib qo'yganidan keyin Lindelof to'pni raqibidan olib qo'ydi.

47. UXXXXX!! Matichning chiroyli pasidan keyin Marsyal birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Biroq Jastin to'pni olib qo'ydi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga qaytishdi. Uchrashuv davom ettirilishi uchun barchasi tayyor.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Narigi tomonda "CHelsi" gol urdi. Demak, ikkinchi bo'limda "Lester" tezlashadi.

45+2. ZARBAAAAAA!!! Reshfordning kuchli zarbasini SHmeyxel qaytardi!

45+1. ZARBAAAAAAAA!!! Marsyalning zarbasi raqiblariga tegib, burchakka chiqib ketdi.

45. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. UXXXX!!! Reshford ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi.

41. AJOYIB VAZIYAT! Qanotdan uzatilgan to'pni Vardi darvozaga yo'llashi mumkin edi. Maguayr hujumga halaqit qildi.

39. MYU  hujumga o'tgandi. To'p yana yo'qotildi. Hozircha mankunianliklar bitta ham aniq zarba yo'llay olmadi.

36. Fernandeshga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U maydondan chiqib ketdi. Menimcha u qaytsa kerak.

34. ZARBAAAAAAAAA!!! TILEMAAANNNSSSS!! Sekin va ohista zarba bo'ldi. De Xea vaziyatni nazorat qilayotgandi.

32. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! YO'O'O'O'QQQQ!! Reshfordning super pasidan keyin offsayd holatidan Fernandesh gol urgandi. CHiroyli gol bo'lgandi.

29. Panika qilmang va to'pni bermang. Maguayr esa vahima bilan to'pni sobiq jamoasi futbolchilariga ko'p bora topshirib qo'ymoqda.

27. O'yin davomi etadi. MYU to'pni ushlab turish borasida "Lester"dan 2 baravar ustun bo'lmoqda.

25. ZARBAAAAAAAAA!! Ixeanacho tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi va zarba yo'lladi. De Xea ilk zarbani ushlab olishda qiynaldi. Vardi ham zarba bermoqchi edi. U offsaydda qolib ketgan ekan.

23. Tomonlar durangga rozidek. Negadir ikki tomon ham hujum qilmayapti.

20. Xavfli vaziyat. Maguayr jarima maydonchasi yonida to'pni yo'qotib qo'ydi. Matich to'pga tegmaganida Ixeanacho gol urishga tayyor edi.

19. Futbolmi shahmatmi.  Ot S5ga, to'ra A3ga degandek o'yin ko'ryapmiz.

18. Olbraytonning bu safargi zarbasi noaniq ketdi.

16. Maguayr burchakdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba yo'llamoqchi bo'lgandi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

14. ZARBAAAAAA!! Matich jarima maydonchasi yonida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Natijada Ndidi xavfli zarba yo'lladi. Noaniq.

13. Yigitlar biroz sust harakat qilishmoqda.

11. ZARBAAAAAA!! Reshfordning super to'p uzatishidan keyin Grinvud boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

9. Sariq kartochka. Maguayr.

8. Ixeanacho raqib jarima maydonchasi ichida yiqitilgandi. Balki keyinchalik vaziyatga VAR aralashar. Hozircha to'p maydondan tashqariga chiqib ketmayapti.

7. Uilyams hujumga o'tgandi, biroq uning o'zidan to'p maydondan chiqib ketdi.

5. Hozircha kichik tashabbus mankunianliklar tomonida.

2. Ilk daqiqalardan MYU hujumga o'tdi. Pogbaning pasidan keyin Marsyal birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Biroq bu pallada offsayd qayd etildi.

- UCHRASHUV BOSHLANDI! Do'stlar 90 daqiqadan keyin APL tugaydi. Demak, o'yindan zavq olamiz!

- Vardi ham Maguayr ham SHmeyxel ham Marsyal ham o'yinga tayyor!

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi!

- Demak, "King Pauer" bizni kutmoqda. Ketdik.

- Agarda bugun mankunianliklar g'alabaga erishishsa, 3-o'rinda qoladi va ECHL guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi. Durang bo'lsa ham kamida saralash masalasi hal qilinadi, mag'lub bo'lsa... U holda "CHelsi" ham mag'lub bo'lsa MYU mavsumni 4-o'rinda yakunlaydi.

>>> APL turnir jadvali<<<

- Ha, hurmatli futbol muxlislari, bugun APL yakunlanadi. Ammo shunaqangi tarzda yakunlanadiki, bir mavsum davomida buni gapirib yuramiz.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni "King Pauer" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionda bugun 2020/21 yilgi mavsumda ECHLda qatnashadigan ishtirokchini aniqlab olamiz. Bu yoki "Lester" yoki "Manchester Yunayted" yoki ikki jamoa ham bo'lishi mumkin.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика