"Lester" egasining vertolyoti quladi. Yangi malumotlar
28 okt 2018 01:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460069_original.jpg)
![](/upload/storage/460069_220.jpg)
"Lester" egasining vertolyoti quladi. Yangi malumotlar
"Lester Siti" hamda "Vest Xem" o'rtasidagi APLning 10-tur o'yinidan so'ng "King Pauer" stadioni yaqinida "tulkilar" egasining vertolyoti quladi.
Voqea klub avtoturargohida sodir bo'ldi. Guvohlarning aytishicha, Vishay SHrivaddanaprabxa ("Lester Siti" egasi)ning vertolyoti stadionni tark etishi bilan spiral kabi aylanib, erga qulagan. Srivadxanaprabxa har bir o'yindan so'ng uyiga vertolyotda qaytardi. Voqea "Vest Xem"ga qarshi bahs yakunlanganidan 1 soat o'tib ro'y bergan. Hudud o'rab olingan, stadiondagilar evakuaciya qilindi. Voqea joyida tez yordam xizmati va policiya ishlamoqda.
"Guardian" nashrining malum qilishicha, voqea joyi oldida yig'layotgan "Lester" darvozabon Kasper SHmeyxelni ko'rishgan.
"Tulkilar" futbolchilari" ijtimoiy tarmoqlarga duoni anglatuvchi emojilar joylashmoqda.
"Lester"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamdardliklar bilan to'lib ketgan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar