“Lester” APLda antirekord qo'ydi
18 sen 2022 09:50
Yangiliklar


“Lester” APLda antirekord qo'ydi
Angliya chempionati 8-turida “Lester” safarda “Tottenxem”ga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Tulkilar” mavsum startidan o'rin olgan dastlabki 7 uchrashuvda 22 ta to'p o'tkazib yuborgan holda musobaqa antirekordini o'rnatishdi. Avvalgi eng yomon natija “Bolton” (2011\2012 yilgi mavsum) tomonidan qayd etilgandi – 21 ta to'p.
SHuningdek, “Derbi Kaunti” (2007\2008), “Sautgemton” (2012\2013) hamda “Uotford” (2019\2020) dastlabki 7 turdan keyin 20 ta gol o'tkazib yuborishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar