Leonid Sluckiy: "Biz ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman"
17 apr 2016 00:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205103_original.jpg)
![](/upload/storage/205103_220.jpg)
Leonid Sluckiy: "Biz ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman"
Rossiya chempionati tugashiga 6ta tur qolganida chempionlik poygasi qiziganda, qiziyapti.
Bugun "Lokomotiv" - CSKA (1:1) jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng harbiylar ustozi Leonid Sluckiy, o'yinga fikr bildirar ekan, shunday deydi:
- Uchrashuvni o'zimiz istaganimizdek boshlay olmadik va buning natijasida tezkor gol o'tkazib yubordik. SHundan so'ng o'yin biz tomonda bo'ldi. SHuning uchun g'alaba qozona olmaganimizdan ranjidim. Hisobni tenglashtirganimizdan so'ng yana gol urish uchun 3ta 100% imkoniyat bo'ldi. Yigitlarning mehnatini beetibor qoldira olmayman. Ular hisobni tenglashtirish bilan birga, uchrashuvda ustunlik qila oldilar.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar