Leon Yakirovich: "O'zbekiston sifatli o'yin ko'rsatadi, lekin natija o'zimizga bog'liq"

Оқил Абдубарноев
14 noya 2025, 17:07
Xorvatiya o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Leon Yakirovich U-17 jahon chempionati 1/16 finali doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Dam olish kunidan unumli foydalandik. Shaharni biroz aylandik, jamoaviy tadbirlar o'tkazdik, kechqurun tashqariga chiqib ovqatlandik. Kecha tiklanish mashg'ulotini o'tkazdik. Xullas, O'zbekiston jamoasi, shubhasiz, sifatli o'yin ko'rsatadi, lekin baribir natija ko'proq o'zimizga bog'liq deb o'ylayman. Agar sifatli o'yin ko'rsatsak, g'alaba qozonish imkoniyati yuqori bo'ladi", dedi "Dinamo Zagreb" futbolchisi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi bellashuv 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: HRT Sport