So’nggi yangiliklar

23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  0 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  37 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  9 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  39 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  93 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  21 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  8 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0

Lempardning IQ ko'rsatkichi - 150 (bunday natija faqat odamlarning 0,1%da bor). Buni tasodifan aniqlashgan Yangiliklar

Lempardning IQ ko'rsatkichi - 150 (bunday natija faqat odamlarning 0,1%da bor). Buni tasodifan aniqlashgan

2007 yildagi Angliya liga Kubogi finali - turnir tarixidagi eng esda qolarli bahslardan biri.

So'zlar bilan butun atmosferani tasvirlash qiyin, shu sababli suratlarga boqing.


Bir nechta janjal, uchta chetlatish, Arsen Venger va Joze Mourinyularning maydonga tushib ketishi hamda Drogbaning 84-daqiqadagi g'alaba to'pi.


Bu esa janjallardan biri - Abi Diabi oyogi bilan Jon Terrining boshiga zarba bergandi.


Jamoa sardori uzoq vaqt o'ziga kelmadi, keyin miya chayqalishi shubhasi bilan maydonni tark etdi. Terri navbatdagi bir necha kun davomida chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o'tib, davolanish jarayonini boshlab yubordi. Klub doktori boshga berilgan zarbaning ehtimoliy oqibatlaridan qo'rqdi va Terri o'zini bosib olishi uchun uni IQ testga yubordi. Jonga "CHelsi"ning bir qancha futbolchilari hamrohlik qilishdi, ular orasida Lempard ham bor edi.


Test natijasiga ko'ra, Terrining miyasi umuman zarar ko'rmagani aniqlandi, sardor jamoadagi eng yaxshi uchinchi natijani ko'rsatdi, Lempard esa - dahshatli ko'rsatkich qayd etdi.


"Frenening natijalari test o'tkazgan kompaniya tarixidagi rekordga yaqin keldi. Uning ko'rsatkichlari menikidan baland" - degandi shifokor.


Bu hammani hayron qoldirdi, Lempard testda 150 ball to'pladi. Bunday natijani er yuzidagi odamlarning 0,1% qayd eta oladi (test shunday tuzilganki, uning o'rtacha natijasi 100 ball edi, ammo bu haqida biroz keyinroq). BBC malumotlariga ko'ra, Bill Geytsning IQ si - 160, Barak Obamaniki 137.

"Ha, adashmasam 150 ball yig'dim. Bu qanday sodir bo'lganini bilmayman, tanishlarim natijadan hayron bo'ldi. Ko'rsatkichlarimdan faxrlanaman" - degandi Lempard bir necha yil o'tib bergan intervyusida.


Lempard "CHelsi"ning eng aqlli futbolchisi ekanligi sizni hayron qoldirmagan bo'lsa kerak (aytgancha, shifokor Mourinyuning natijalarini elon qilmadi).


- Frenk maktabda juda yaxshi o'qigan va uning diplomida 12ta ijobiy baho bor (sertifikat olish uchun 5ta ijobiy baho etarli).


- Lempard attestatida lotin tili uchun qo'ilgan baho "A" - bu o'zbekchada 5 baho.


- Lempard bolalar ertaklari yozadi (hamma uchun).


IQ testi - bu matematika, xotira va mantiq bo'yicha vazifalar. Ammo natijalarga 100% ishonib bo'lmaydi


IQ testi haqida barcha eshitgan bo'lsa kerak, ammo bu nima ekanligini hamma ham tasavvur qila olmasa kerak. IQ oddiy tarjima qilinganda - intellekt koefficienti. IQ test - aql salohiyati darajasini aniqlovchi tekshirilgan uslub.


Inson mantiq, matematika va xotira bo'yicha ko'plab savollarga javob berishiga to'g'ri keladi. Mana bir nechta misol.


- 37, 34, 31, 28. Keyingi raqamlarni topa olasizmi?


- Mano jihatdan o'xshash bo'lgan variantni tanlang: a) suhbatdosh va shamolli; b) ish va yovuzlik; c) suhbatdosh va ko'p gapiruvchi; d) g'ayratli va yovuz.


- Yoki mana bunday:


Test yakuniga ko'ra, o'rtacha natija 100 bo'lishi kerak, er aholisining ko'pchiligi 75dan 115gacha ball yiqqan. 130dan ko'p ball yig'ish - katta iqtidor ekanligingizni bildiradi, 70 esa - yomon natija.


IQ bo'yicha o'nlab test talqinlari bor, ular orasidagi mashhurlaridan biri - Ayzenk testi, siz Gugldan topadigan boshqa testlaringiz qisqartirilgan va ishonchsiz bo'ladi.


Uslublar ko'pligi tufayli turli odamlarning natijalarini solishtirish to'g'ri emas, ular turli vaqtda turli uslubda testdan o'tgan bo'lishi mumkin. SHu sababli Lempardning Obamadan ustunligiga jiddiy etibor berish noto'g'ri. Ammo Frenkga past baho berish to'g'ri emas. 1019ta o'yin, 303ta gol, 14ta sovrin, IQ bo'yicha 150 ball.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика