Lempard Villianning qolishini istaydi
01 dek 2019 18:56
Yangiliklar
Lempard Villianning qolishini istaydi
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard yarim himoyachi Villianning jamoada qolishini istamoqda.
"Evening Standard" xabariga ko'ra, mutaxassis rahbariyatga braziliyalik bilan shu oydayoq shartnomani uzaytirilishi kerakligini istamoqda. Ayni damda uning shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan va 1 yanvardan keyin boshqa jamoa bilan shartnoma imzolashi mumkin.
31 yoshli Villian 2013 yildan buyon "CHelsi" sharafini himoya qilmoqda. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 17 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar