Lempard: "Men hech qachon Messi, Ronaldu va Mbappeni sotib olib berishlarini so'ramayman"
14 dek 2019 13:10
Yangiliklar


Lempard: "Men hech qachon Messi, Ronaldu va Mbappeni sotib olib berishlarini so'ramayman"
"Hamkasblarimiz bilan har kuni jamoani qanday qilib kuchaytirishimiz mumkinligi haqida bir necha soat davomida gaplashamiz. Bizning muloqotimiz juda ochiq va samimiy, bundan mamnunman. Albatta, klub hali hech kimni sotib olmadi.
Agar Mbappe, Ronaldu va Messilarni sotib olishlarini so'rasam, klubdagilar meni tushunmagan bo'lishardi. Buni aytmayman ham. Men klub egasi bilan ochiq suhbatlashishim va unga bemalol taklif berishim mumkin, umid qilamanki biz to'g'ri yo'nalishda olg'a yurmoqdamiz.
Mening eng muhim vazifam - mashg'ulot maydonida jamoa bilan astoydil ishlash, chunki men yaxshi jamoamiz borligini bilaman", - deydi Lempard.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyi boshida Sport arbitraj sudi (CAS) "CHelsi"ning yangi futbolchilarni ro'yxatga olish bo'yicha taqiqini olib tashladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar