Lempard klub rahbariyatidan yangi darvozabon sotib olishni talab qildi
02 fev 2020 09:05
Yangiliklar


Lempard klub rahbariyatidan yangi darvozabon sotib olishni talab qildi
“CHelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard klub rahbariyatidan yozgi transfer oynasi vaqtida ispaniyalik posbon Kepa Arrisabalaga o'rniga yangi darvozabon sotib olish talabini qo'ydi, deya xabar bermoqda COPE.
APL 25-turi doirasida “Lester Siti”ga (2:2) qarshi bellashuvda Lempard Arrisabalagani zaxirada qoldirdi. Uning o'rnida darvozani Villi Kabalero qo'riqladi.
Manba xabariga ko'ra, Arrisabalaga mavsum oxiriga qadar maydonga tushirilmaydi.
Joriy mavsumda Angliya chempionatida Arrisabalaga 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 32 ta gol o'tkazib yubordi. Ispaniyalik posbonning “aristokratlar” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. “CHelsi” 2018 yilda 80 million evro evaziga uni “Atletik”dan sotib olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar