Lempard istefoga chiqish arafasida
23 jan 2023 15:10
Yangiliklar
SHanba kuni "Vest Xem"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng "irislar" 19-o'rinda bormoqda. Jamoa egasi Farhod Moshiri Angliya terma jamoasining sobiq yulduzi Frenk Lempardni ishdan bo'shatish imkoniyatini muhokama qilish uchun favqulodda boshqaruv kengashi yig'ilishini chaqirdi, deb yozmoqda "The Sun".
"Everton" rahbariyati moliyaviy bosim ostida. SHunday ekan, jamoani APLda saqlab qolish juda muhim. Jamoa xo'jayinlari Lempard vaziyatni o'zgartira olishiga va "irislar"ni quyi ligaga tushib ketishdan qutqarib qolishga ishonmayapti. Moshiri allaqachon uchta nomni short-listga kiritgan: SHon Daych, Nunu Eshpiritu Santu va "Everton" afsonasi Ueyn Runi. "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi "Di Si Yunayted" bosh murabbiyi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, "Everton" APLda so'nggi bor o'tgan yilning oktyabr oyida g'olib chiqqandi. G'alabasiz seriya 8 ta uchrashuvga etdi. 20 tur davomida "irilar" atigi 15 ochko to'pladi. "Everton"ning navbatdagi o'yini Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi bo'ladi.
Fikrlar