Lempard: "CHelsi"ga qaytganimdan faxrlanaman"
04 iyu 2019 15:58
Yangiliklar


Lempard: "CHelsi"ga qaytganimdan faxrlanaman"
"CHelsi"ning yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard London klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganligiga izoh berdi.
"CHelsi"ga bosh murabbiy sifatida qaytganimdan faxrlanaman. Bu joyni, jamoani qanchalik yaxshi ko'rishimni hamma biladi.
Hozir men ishimga etibor bilan qarashim va kelasi mavsumga tayyorgarlik ko'rishim kerak. Men klubning kelajagi uchun qattiq mehnat qilish uchun bu erga keldim. Ish boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman", - deydi Lempard.
Eslatib o'tamiz, futbolchi faoliyatining katta qismini, yani 2001 yildan 2014 yilga qadar "CHelsi" safida to'p tepgan. Lempard bu vaqt davomida 648ta o'yin o'tkazib, 211ta gol urishga erishgan.
Lempard "CHelsi" bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar