Lempard bugun antirekordlarni qayd etdi
11 avg 2019 23:05
Yangiliklar
Lempard bugun antirekordlarni qayd etdi
Xabaringiz bor, CHelsi Angliya chempionati yangi mavsumining ilk turi doirasidagi MYUga qarshi bahsda 0:4hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Aristokratlar» ustozi Frenk Lempard ushbu qoniqarsiz natija tufayli klubning ikkita antirekordini takrorladi.
Ulardan birinchisi londonliklar APLning 1-turini 12 mavsumdan buyon ilk marotaba muvaffaqiyatsizlik bilan boshlashdi. Oldingi natija 2007 yili Avraam Grantga tegishli edi va o'shanda ham «CHelsi»ni «qizil iblislar» taslim (0:2) qilishgan.
SHunindek, «CHelsi» 41 yildan beri birinchi bora Premer-liganing yangi mavsumini yirik mag'lubiyat bilan boshlashiga to'g'ri keldi. 1978 yilda jamoa «Midlsbro»ga 2:7 natijasi bilan yutqazgandi.
Bundan tashqari, Lempard bugun murabbiylik faoliyatidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar