Lempard: “Azar mening jamoamga qarshi o'ynashdan qo'rqmoqda”
30 okt 2018 08:50
Yangiliklar
Lempard: “Azar mening jamoamga qarshi o'ynashdan qo'rqmoqda”
“CHelsi” sobiq o'yinchisi, ayni damda “Derbi Kaunti” ustozi Frenk Lempard Angliya liga kubogining 4-bosqichida sobiq jamoasiga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.
“Eden Azar? Uni hozirda dunyoning eng yaxshi o'yinchisi deb o'ylayman. To'g'ri, hamma narsa o'zgarib ketishi mumkin, ammo menga uning o'yinini kuzatish yoqadi. Eden hozir ayni kuchga to'lgan vaqt. Uning jarohatiga kelsak, u biroz dam olishni xohladi. O'ylashimcha, u mening jamoamga qarshi o'ynashdan qo'rqmoqda!”,—deydi Lempard.
“CHelsi”—“Derbi Kaunti” uchrashuvi 31 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar