Lempard “Ayaks” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
24 okt 2019 07:45
Yangiliklar


Lempard “Ayaks” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
“CHelsi” ustozi ECHL 3-turida “Ayaks” ustidan erishilgan 1:0 hisobidagi g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Juda ham xursandman. “Ayaks” maydonidagi g'alaba, sening jamoang maydonning har bir qarichida kuchli bo'lganligini ko'rsatadi. Yigitlar qoyilmaqom o'yin namoyish etdi. Batshuayini tushirishga qaror qildim. Boisi u bu vaziyatni uzoq kutgandi va golga munosib bo'ldi. “CHelsi” to'p bilan yaxshi ishladi. Hozircha bu men uchun eng yoqimli g'alaba bo'lib turibdi. Ammo olg'a harakatlanishda davom etishimiz lozim. Men “Byornli” haqida o'ylashni boshlab yubordim”, — deydi Frenk Lempard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar