Lempard Antonio Konteni qo'llab-quvvatladi
09 noy 2017 21:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/287809_original.jpg)
![](/upload/storage/287809_220.jpg)
Lempard Antonio Konteni qo'llab-quvvatladi
CHelsining sobiq futbolchisi Frenk Lempard murabbiy Antonio Kontega vaqt berish kerakligini aytib o'tdi.
"Jamoa mavsumni 10-o'rinda yakunladi, keyingi yil esa Konte "CHelsi" bosh murabbiyiga aylangan. Klubda odatda bunday bo'lmasdi. O'shanda jamoada qiyin davr edi.
SHunda ham u futbolchilarni o'ziga keltira oldi. Bu esa uning ajoyib murabbiy ekanligini bildiradi. O'tgan yili esa aynan Konte sabab jamoa chempion bo'ldi.
Ammo, afsuski, agar siz APLda xar bir turda g'alaba qozona olmasangiz, odamlar ishingiz haqida gapira boshlaydilar. Umid qilamanki, Konte "CHelsi"da ishlashda davom etadi va buni muvaffaqiyatli uddalay oladi", - deydi Lempard.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar