Lempard: “5 daqiqalik peshqadamlikka xursand bo'lmoqchi emasman, APL shafqatsiz”
21 noy 2020 20:25
Yangiliklar
Lempard: “5 daqiqalik peshqadamlikka xursand bo'lmoqchi emasman, APL shafqatsiz”
Angliya chempionati 9-turidan o'rin olgan “Nyukasl” – “CHelsi” (0:2) bahsidan so'ng, mehmonlar ustozi Frenk Lempard o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Dastlibki 20 daqiqa davomida zo'r ko'rindik, o'yinni nazorat qildik va to'pga egalik qildik. Xotirjam holda paslar bilan o'ynash juda oson bo'ldi, ammo vaziyatlarni yaratishda davom etishimiz va jarima maydoniga yorib kirish uchun harakat qilishimiz kerak edi.
Yaxshi o'ynadik. Eng muhimi esa natija, chunki APL murakkab va shafqatsizdir. Yigitlar bugungi vazifani uddalashdi va bundan juda xursandman.
5 daqiqalik peshqadamlikka esa xursand bo'lmoqchi emasman”, deydi mutaxassis.
Fikrlar