Lemann Noyerni sardor etib tayinlagan Lyovni tanqid qildi
05 sen 2016 16:21
Yangiliklar
Lemann Noyerni sardor etib tayinlagan Lyovni tanqid qildi
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Yens Lemann milliy jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyovni tanqid qildi.
Lemann Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi sardori bo'lgani haqida gapirdi.
"Men darvozabonni jamoa sardori etib tayinlamagan bo'lardim. Sardor hakam bilan vaziyatlarni muhokama qiladigan birinchi futbolchi hisoblanadi. Ammo posbon boshqa futbolchilarga nisbata hakamning oldigacha uzoq masofani bosib kelishi kerak bo'ladi. Bu esa kuch va vaqt talab qiladi. SHunga qaramay Noyer bunga munosib" - deydi Lemann.
Fikrlar