"Legiya" o'zbekistonlik hujumchiga qiziqib qoldi
03 noy 2015 10:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/187561_original.jpg)
![](/upload/storage/187561_220.jpg)
"Legiya" o'zbekistonlik hujumchiga qiziqib qoldi
Polshaning "Legiya" klubi o'zbekistonlik hujumchi bilan qiziqyapti.
Ammo bu futbolchining kimligi hozircha nomalum. Malumot uchun, SPORT telekanalida namoyish etilgan "Sokker klub" ko'rsatuvida "Oq-tepa" klubi rahbari G'anisher SHog'ulomov "Legiya" vakillari Toshkentda bo'lganligi haqida aytib o'tgan edi.
"Paxtakor" o'yiniga tashrif buyurgan klub skautlari katta ehtimol bilan Igor sergeevni kuzatgan bo'lishlari mumkin. Takidlash lozimki, Sergeev bu mavsumda oliy ligada 21ta gol urdi.
"Legiya" klubi 10 karra Polsha chempioni, 17 karra Polsha kubogi sohibi, 4 karra Polsha Superkubogi sohibi va bir karra Polsha Liga kubogi sohibi hisoblanadi. Jamoaga ayni paytda rossiyalik Stanislav CHerchesov bosh murabbiylik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar