So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  3 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

LegionerUz. “Istiqlol”ning tezligi oshib boryapti. Server Jeparovdan golli uzatma va jamoasida yirik g'alaba Yangiliklar

LegionerUz. “Istiqlol”ning tezligi oshib boryapti. Server Jeparovdan golli uzatma va jamoasida yirik g'alaba

Tehronning “Istiqlol” klubi mavsum ekvatoriga kelib tezlikni oshirdi.

CHempionlar Ligasining ketma-ket 2 ta turida 4 ochko olib, o'z guruhida etakchi bo'lib turgan Server Jeparov jamoadoshlari, endi Eron chempionatida ham yorqin g'alabani qo'lga kiritdi.

38 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi bo'lib turgan “Fulad” uyiga borgan “Istiqlol”, 4:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvni boshlang'ich tarkibda o'tkazgan Jeparov 4-daqiqadayoq sherigiga golli uzatma berdi. Senegallik Mame Baba Tiam esa imkoniyatdan unumli foydalandi. Mazkur gol tehronliklar shijoatini oshirdi. Natijada hisob 18-daqiqadayoq 1:3 ko'rinishini olgandi.

Jeparov maydonda 75 daqiqa harakat qildi. Keyinroq germaniyalik bosh murabbiy SHefer uning o'rniga himoyaviy taktikaga yordam beruvchi futbolchini maydonga tushirdi. 

Foolad Khouzestan

Rahim Zahivi - 14'

Persian Gulf Pro League . 24-tur

24/02/2018, 17:30

4
:
1
Tugadi

Esteghlal

Mame Baba Thiam - 4', Roozbeh Cheshmi - 8', Daryoush Shojaeian - 18', Mame Baba Thiam - 90'

45'
90'
14'  Rahim Zahivi
4'  Mame Baba Thiam
8'  Roozbeh Cheshmi
18'  Daryoush Shojaeian
90'  Mame Baba Thiam

Mazkur g'alabadan keyin “Istiqlol” turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi. Bir yo'la 5 ta jamoa hisobida 38 tadan ochko bor ekani, fors chempionatidagi kurash va raqobatning qay holatda ekanini ko'rsatishi mumkin. Ahamiyatli tomoni, kelasi turda dastlabki to'rt o'rin sohiblarini jiddiy sinov kutib turibdi. “Zob Ohan” 1 mart kuni “Pars Jam Bushehr” klubi mehmoni bo'ladi. Jeparov jamoadoshlari esa mashhur “Ozodi” stadionida Tehron derbisiga chiqib kelishadi. Raqib — “Persepolis”.

Championat.asia statistikasi 

Server Jeparov “Istiqlol”ning asosiy futbolchisi. Raqobat kuchli bo'lgan chempionatda ham, xalqaro maydonda ham u asosiy figuralardan biri bo'lishda davom etmoqda.

Muallif :
Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика