So’nggi yangiliklar

08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  0 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  3 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  4 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  8 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  32 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  47

LegionerUz. Haydarov jamoasi Rashidovsiz qolgan “Al-Jazira”dan o'zib ketdi. Sardor Franciya chempionatiga borishi mumkin Yangiliklar

LegionerUz. Haydarov jamoasi Rashidovsiz qolgan “Al-Jazira”dan o'zib ketdi. Sardor Franciya chempionatiga borishi mumkin

BAA Pro-Ligasida 14-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Aziz Haydarov to'p suradigan va shu yil elitaga qadam qo'ygan “Ajman” klubi bunda 5-o'ringa ko'tarilib oldi.

Jamoa mazkur turda “Dibba Al-Fujayrah” klubini qabul qilib, 2:1 hisobida ustun keldi. Haydarovda sariq kartochkalar soni 3 taga etgani sabab, u jamoadoshlariga yordam bera olmadi va o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keldi. 

Ajman

Saoud Faraj Marzouq - 24', Bakary Kone - 68'

Arabian Gulf League . 14-tur

29/01/2018, 18:15

1
:
2
Tugadi

Dibba Al Fujairah

Diogo Acosta - 66'

45'
90'
24'  Saoud Faraj Marzouq
24'  Hassan Zahran
52'  Hassan Zahran
61'  Saoud Faraj Marzouq (Waleed Khaled)
64'  Bakary Kone
68'  Bakary Kone
77'  Waleed Khaled
88'  Mohammed Hilal Khalifa (Rashid Malullah)
90'  Mohamed Ahmed Al Antaly (Khalifa Abdulla)
30'  Waleed Ahmed Hassan (Hmaid Rabei)
53'  Hmaid Rabei
66'  Diogo Acosta
74'  Ahmed Mohammed (Ahmed Rashed Ali)
86'  Yassine Al Bakheet (Sanad Ali)
90'  Saeed Mohammed Al Naqbi

Sardor Rashidov

“Al-Jazira”ga katta maqsadlarda etib borgan Sardor Rashidov jamoani tark etgan ko'rinadi. Ayni paytda futbolchining o'zi bu savolga konkret javob qaytarganicha yo'q. SHunga qaramay, OAV Rashidovning “Al-Jazira”ni tark etgani borasida malumotlar chiqib ulgurdi.

Franciya chempionatida 8-o'rinni egallab turgan “Renn” futbol klubini Sabri Lyamushi boshqarib boradi. Mazkur mutaxassis 1 yil avval Sardor Rashidovga Qatarning “Al-Jaish” klubida ustozlik qilgandi. Ayni paytda Lyamushi Rashidovni Franciyaga olib kelishga qarshi emas va bu xabarni futbolchining o'zi ham inkor etmadi. Sardorning aniqlik kiritishicha, agar barchasi muvaffaqiyatli o'tsa, “Renn” Rashidovni o'ziga chorlashi mumkin. Murabbiy va futbolchining telefondagi suhbatiga ko'ra, transfer oynasi yakuniga qadar bu ishni amalga oshirishning imkoni yo'q, vaqt juda kam qolgan. SHu boisdan ham ish yozda amalga oshishi katta ehtimol.

Kecha “Jazira” futbolchilari chempionatdagi navbatdagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Amaldagi chempionda ishlar joyida emas. Yaqindagina Ahmad Halil “Jazira”ni tark etib, Umar Abdulrahmon to'p suradigan “Al-Ayn” safiga borib qo'shilgandi. SHuningdek, Lassana Diarra ham ketib ulgurdi. Ko'rinishidan, Rashidov ham “Al-Jazira” bilan xayrlashgan. Biroq Sardorning o'zi bu borada aniq gap aytganicha yo'q. Aniq tomoni, u kechagi o'yin qaydnomasiga ham kiritilmagan.

Al-Nasr SC

Marcelo Cirino - 6'

Arabian Gulf League . 14-tur

29/01/2018, 21:00

0
:
1
Tugadi

Al-Jazira

45'
90'
6'  Marcelo Cirino
6'  Salem Saleh
13'  Khalid Jalal
46'  Salem Saleh (Ibrahim Abbas Leshkari)
70'  Mahmoud Al Hammadi
72'  Ali Hussain
82'  Ahmad Mohamed Shambieh
88'  Joan Oumari
90'  Ibrahim Abbas Leshkari (Masoud Sulaiman Ahmed)
33'  Mohamed Jamal
40'  Mohamed Jamal (Khalifa Al Hammadi)
59'  Harib Al Saadi (Khalfan Mubarak)

Rashidov borasida aniq bir gap aytish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. U o'zining kuchiga ishonadi, biroq tanlagan jamoasi uning ishonchini oqlay olmadi. Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatidan tashqari ham Sardor va “Al-Jazira” o'rtasidagi kelishuvlarning ayrim bandlarida vadalar bajarilmagan. Bu esa ikki tomon kelishuviga ko'ra, amaldagi shartnoma tugatilishiga zamin hozirlashi mumkin.

Evropaning kuchli beshlik milliy chempionatida to'p surish o'zbekistonlik futbolchilardan oz vaqtga bo'lsa-da Ilyos Zeytullaevga nasib qilgan. Yozda Rashidov bu borada ikkinchi o'yinchiga aylanishi mumkin (Piter Odemvingeni hisobga olmaganda). Ammo oldinda yozgacha etib olish missiyasi turibdi. Bu vaqt davomida Sardor formasini ushlab turish uchun ham qaysidir klub safiga borib qo'shilishi mumkin. Agentlari bu masalaga oydinlik kiritsa, Rashidovning o'zidan bor haqiqatni bilib olamiz. 

Championat.asia statistikasi

Muallif :
Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика