So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

Legionerlarimiz. SHomurodovdan foydali harakat. Abdixoliqov va Umarov Qozog'iston chempioni Yangiliklar

Legionerlarimiz. SHomurodovdan foydali harakat. Abdixoliqov va Umarov Qozog'iston chempioni

FIFA kunlari o'z yakuniga etdi. O'zbekistonlik legionerlar esa o'z klublariga qaytishdi.

Endi legioner futbolchilarimizning o'z klublaridagi o'yinlariga etibor qaratamiz.


Eldor SHomurodov — "Kalyari"

O'zbekiston terma jamoasi sardori va asosiy hujumchisi. Terma jamoamizning CHin yurtida bo'lib o'tgan yig'inida ishtirok etmadi va klubda qolishni afzal ko'rdi. Ushbu qaror to'g'ri bo'lib chiqqan shekilli. Kecha Eldor Italiya A seriyasining 9-tur bahsida "Salernitana"ga qarshi kechgan bahsida ishtirok etdi va o'z hisobiga assist yozdirib qo'ydi. 84-daqiqada maydonga tushgan SHomurodov 4 daqiqa o'tar o'tmas, aniqrog'i 88-daqiqada golga mualliflik qildi. Terma jamoamiz sardori qanotdan oshirgan to'pni Nikolas Viola meksikalik darvozabon Gilerme Ochoa darvozasiga aniq yo'lladi. Eldorning assisti jamoasiga qimmatli ochkoni qo'lga kiritishga yordam berdi. Biroq "Kalyari" yakunda g'alabani qo'ldan chiqard. Uchrashuvning 90+5-daqiqasida "Salernitana" 11 metrlik jarima zarbasini ishlab oldi va senegallik forvard Bule Dia bunday sovg'adan unumli foydalandi. A Seriyaning 9-turidan so'ng "Kalyari" jamoasi musobaqa jadvalida so'ngi o'rinda bormoqda. Klaudio Raneri shogirdlari hisobida bor yo'g'i uch ochko mavjud.

22.10.2023 "Salernitana" 2:2 "Kalyari"

Gollar: Dia 86, 90+5, Luvumbu 79, Viola 88

Keyingi uchrashuv: 29.10.2023 "Kalyari" - "Frozinone"

Abduqodir Husanov — "Lans"

Franciya chempionatining 9-turida Husanovning jamoasi "Lans" mehmonda liga debyutanti "Gavr" jamoasi qarshi maydonga chiqdi. Nursiz durang bilan yakun topgan uchrashuvda hamyurtimiz maydonga tushmadi.

21.10.2023. "Gavr" 0:0 "Lans"

Keyingi uchrashuv: 25.10.2023 "Lans" - "PSV"


Abbosbek Fayzullaev — CSKA

Rossiya Premer Ligasining 12-tur bahsida "o'zbek derbisi"ga guvoh bo'ldik. CSKA safida to'p tepayotgan Abbosbek Fayzullaev ikki hamyurtimiz faoliyat yuritayotgan Qozonning "Rubin" klubiga qarshi uchrashuvda ishtirok etdi. Golsiz durang qayd etilgan uchrashuvda Fayzullaev maydonda to'liq harakat qildi va ikkinchi bo'limda gol urdi. Ammo golli vaziyatda Abbosga pas bergan futbolchi o'yindan tashqari holatdan bo'lganligi sababli gol beqor qilindi. Fayzullaev uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi, deb etirof etildi.

21.10.2023. "Rubin" 0:0 CSKA

Keyingi uchrashuv: 29.10.2023 CSKA - "Krasnodar"

Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov — "Rubin"

"Rubin" Premer Ligasining so'nggi turida o'z o'yida CSKAni qabul qildi. Ammo o'sha kuni maydonda faqat bitta o'zbekistonlik futbolchi bor edi holos. Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonalievlar CSKAga qarshi uchrashuvda maydonga tushishmadi.

21.10.2023. "Rubin" 0:0 CSKA

Keyingi uchrashuv: 27.10.2023 "Rubin - "Baltika"


Azizjon G'aniev — "SHabab Al Ahli"

Hamyurtimiz faoliyat yuritayotgan "SHabab Al Ahli" jamoasi o'zining so'ngi uchrashuvida BAA liga kubogi doirasida "Al Vasl"ga imkoniyatni boy berdi. Azizjon G'aniev gol urgan uchrashuvda jamoasi kambek qurboniga aylandi. Aynan G'anievning 53-daqiqadagi goli mezbonlarni hisobga oldinga olib chiqqandan so'ng raqib ikkitiga gol urdi va g'alabani ilib ketdi.

20.10.2023. "SHaba Al Ahli" 2:3 "Al Vasl"

Gollar: Pyanich 13, G'aniev 53, Diallo 81, Lima 87

Keyingi uchrashuv: 27.10.2023 "SHabab Al-Ahli" - "Al-Nasr"

Igor Sergeev — "Patum Yunayted"

Tailand chempionatining 8-turida tajribali hujumchimiz Igor Sergeevning jamoasi "Patum Yunayted" "Trat" jamoasiga to'qnash keldi. Uchrashuv "Patum Yunayted" yirik 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Yaqinda terma jamoamiz yig'inidan qaytgan Igor uchrashuvning 60-daqiqasida maydonga tushdi. Afsuski, terma jamoamiz azosi "Trat" klubi darvozasini ishg'ol eta olmadi. Sergeev Tailand chempionatining joriy mavsum 7ta uchrashuvida ishtirok etib o'z hisobiga 3ta gol yozdirib qo'ygan

20.10.2023. "Patum Yunayted" 3:0 "Trat"

Gollar: Alves 22, Sampaodi 39, Songkrasin 63 

Keyingi uchrashuv: 24.10.2023 "Patum Yunayted" - "Kavasaki"


Ikrom Aliboev  — "Kanvon"

Janubiy Koreya chempionatida faoliyat yuritayotgan yagona futbolchimiz Ikrom Aliboevning klubi "Kanvon" K-liga 34-turida Aliboevning sobiq jamoasi "Seul"ga qarshi maydonga chiqdi. Yakunda "Kanvon" 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz ushbu 68-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.

22.10.2023 "Seul" 2:1 "Kanvon"

Gollar: 53 Sang Xo, 80 Don Von, 77 Gabriel

Keyingi uchrashuv: 28.10.2023 "Kanvon" - "CHedju Yunayted"

Abdulla Abdullaev  — "Xorfakkan"

"Xorfakkan" jamoasi FIFA kunlaridan keyin hali rasmiy uchrashuv o'tkazgani yo'q. Eslatib o'tamiz Abdulla Abdullaev "Al-Vasl"ga qarshi (30.09.2023) kechgan uchrashuvda maydondan chetlatilgan edi.

Keyingi uchrashuv: 28.10.2023 "Xorfakkan" - "Al-Jazira"


Husniddin Aliqulov  — "Rizespor" 

Turkiya chempionati 9-turi doirasidagi "Rizespor" jamoasi "Kayserispor" klubiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda mezbonlar vakili Mame Tiam xet-trik qayd etib, 3:1 hisobidagi g'alabani taminladi. "Rizespor" azosi va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov 77-daqiqada o'yinga qo'shildi. 

21.10.2023. "Kayserispor" 3:1 "Rizespor" 

Gollar: Tiam 31, 66, 89, — Zekiri 70

Keyingi uchrashuv: "Rizespor" - "Galatasaray"


Bobir Abdixoliqov va SHahboz Umarov  — "Ordabasi" 

Kecha Qozog'iston chempionatining 25-turi doirasidagi "Ordabasi" - "SHaxtyor" bahsida "Ordabasi" g'alaba qozondi va chempionlikni qo'lga kiritdi. Bobir Abdixoliqov va SHahboz Umarov harakat qilayotgan "Ordabasi" klubi muddatidan avval Qozog'iston chempioniga aylandi. Bir tur qolganda CHimkent klubi 58 ochko to'pladi va birinchi o'rinni egallashi rasman malum bo'ldi. Uchrashuvda yakuniy 3:1. SHahboz Umarov tabloga o'z nomini yozdirib qo'ygan bo'lsa, Abdixoliqov g'alaba goliga assistentlik qildi.

22.10.2023 "Ordabasi" 3:1 "SHaxtyor Karaganda"

Gollar: Jaqsiliqov 4, Umarov 12, Besedin 27, CHogadze 46

Keyingi uchrashuv: 29.10.2023 "Kaspiy Aktau" - "Ordabasi"


Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Ruslan Jiyanov  — "Pari NN"

"Pari NN" Premer-liganing 12-turida moskvaning "Spartak" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida imkonyatni boy berdi. Ikki hamyurtimiz ham maydonga tushishmadi.

22.10.2023. "Spartak" 2:0 "Pari NN"

Gollar: Prucev 41, 90+8 Martins 

Keyingi uchrashuv: 29.10.2023 "Pari NN" - "Sochi"


Husayn Norchaev  — "Alaniya"

Hamyurtimiz Norchaev to'p tepayotgan "Alaniya" FNL 15-tur bahsida "Volgar" jamoasi qarshi o'yin o'tkazdi va 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Norchaev maydonga 84-daqiqada tushirildi. Eslatib o'tamiz Vladikavkazning "Alaniya" jamoasi FNL musobaqada jadvalida 28 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi.

22.10.2023. "Volgar" 1:0 "Alaniya"

Gollar: Kleshin 34

Keyingi uchrashuv: 27.10.2023 "Alaniya" - "Arsenal Tula"

Rustam Turdimurodov  — "Energetik-BGU"

Belarus chempionatiga ko'chib o'tgan yosh futbolchimiz, o'zbekistonlik futbolchilar uchun begona bo'lmagan "Energetik-BGU" safida faoliyat olib bormoqda. Universitet jamoasi so'ngi bahsini "Dinamo-Brest"ga qarshi o'tkazdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Rustam Turdimurodov birinchi golga assistenlik qildi

22.10.2023 "Dinamo-Brest" 0:2 "Energetik-BGU" 

Gollar: Barkovskiy 27, Nurimbet 45+2

Keyingi uchrashuv: 27.10.2023 "Energetik-BGU" - "Smoron"


Jahongir O'rozov  — "Eyupspor"

Arda Turan boshchiligidagi "Eyupspor" jamoasi Turkiya birinchi ligasidagi so'ngi uchrashuvini "Korum" jamoasiga qarshi o'tkazdi va 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Yosh himoyachimiz zaxira o'rindig'ida qoldirildi.

22.10.2023 "Korum" 2:3 "Eyupspor" 

Gollar: Kutudju 9", Erkin 17", Atpem 20", Yazgan 42", Inainfe 90+4"

Keyingi uchrashuv: 29.10.2023 "Eyupspor" - "Bandirmaspor"


P.S: Otabek SHukurovning jamoasi "Fatix Karagyumryuk" bugun "Adana Demirspor" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика