So’nggi yangiliklar

17:37Малайзия "CAFA Nations Cup 2025”да иштирок этмайди  0 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

Legionerlar: Jeparov va Haydarov o'z jamoalari safida gol urishdi Yangiliklar

Legionerlar: Jeparov va Haydarov o'z jamoalari safida gol urishdi

O'tgan dam olish kunlari xorijda to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'z jamoalari safida maydonga tushishdi.
ROSSIYA
Krasnodar klubi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov, 2 noyabr kuni Rossiya Premer-Ligasi 11-turida safarda Mordoviyaga qarshi o'yinda maydonga tushdi. O'yinni asosiy tarkibda boshlagan Ahmedov uchrashuvda to'liq 90 daqiqa o'ynadi. Uchrashuv Mordoviyaning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

Moskvaning Lokomotiv klubi azosi Vitaliy Denisov mazkur turda o'z maydonida temiryo'lchilar safida Dinamo klubiga qarshi Moskva derbisida maydonga tushdi. O'zbekistonlik himoyachi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib 82 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvda Lokomotiv Dinamo ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

UKRAINA
1 noyabr kuni Ukraina Premer-Ligasida ham 11-tur o'yinlariga start berildi. Poltavaning Vorskla klubida o'ynayotgan o'zbekistonlik yana bir futbolchi Sanjar Tursunov ushbu turda jamoasi safida Ilichevec klubiga qarshi o'yinda 90 daqiqa o'ynadi. Vorskla maydonida o'tkazilgan uchrashuvda hisob ochilmagan - 0:0.

XITOY

2 noyabr kuni Xitoy Superligasida so'nggi 30-tur tur o'yinlari o'tkazildi va chempionat bahslari yakuniga etdi. Superliga ishtirokchisi CHangchun Yatay klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov so'nggi tur uchrashuvida safarda Xanjou klubiga qarshi maydonga tushdi. 1:1 hisobida yakuniga etgan o'yinda Ismoilov 90 daqiqa to'p surdi. Malumot o'rnida, CHangchun Yatay 16ta jamoa ishtiorok etadigan chempionatda 12-o'rinni egalladi. Guanchjou Evergrand klubi esa ketma-ket to'rtinchi marta chempionlikni nishonladi.

JANUBIY KOREYA

1 noyabr kuni kuni Janubiy Koreya K-Ligasida 4-bosqichining 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.Seongnam klubida o'ynayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov mazkur turda o'z jamoasi safida safarda Jeongnam klubiga qarshi maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa o'ynadi. Etiborlisi, 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda Seongnamning goliga aynan Jeparov mualliflik qildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori o'yinning 45-daqiqasida penaltidan raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

BAA
28 oktyabr kuni BAA Pro-Ligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.. Dubayning Ash SHabob klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur turda o'z jamoasi safida safarda Emireyts klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib o'z goli bilan jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. Haydarov uchrashuvning 80-daqiqasida raqib darvozasiga gol urib yakuniy hisobni o'rnatdi. O'yin 3:2 hisobida Ash SHabob g'alabasi bilan yakuniga etgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика