So’nggi yangiliklar

16:00CAFA Nations Cup. Ўмон – Қирғизистон. Таркиблар маълум  2 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  1 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  2 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  3 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  9 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  9

Legionerlar. SHukurovda golli uzatma, Gadoevda esa dubl Yangiliklar

Legionerlar. SHukurovda golli uzatma, Gadoevda esa dubl

BAA Prezidenti Kubogining 1/4 bosqichi doirasida “SHarja” mehmonda “Al Ittihod Kalba” jamoasiga qarshi to'qnash kelib, 2:0 natijasi bilan zafar quchdi.

Bahsni asosiy daqiqalardan boshlagan “SHarja” xavbeki Otabek SHukurov 63-daqiqada jamoadoshi Ali Al Xonxoniga chiroyli pas berdi va u bundan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg'ol etdi. 

Yana bir gol esa Majid Surur hisobiga yozilgan. 

SHu tariqa, “SHarja” musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi. Ularning final ostonasidagi raqibi esa “Al Ain” bo'ladi. Ikkinchi yarim finalda “Baniyas” – “Al Dafra” bahsi bo'lib o'tadi. Mazkur bellashuvlar 10 mart sanasiga belgilangan.

BAA Prezidenti Kubogi. 1/4 final.

“Al Ittihod Kalba” - “SHarja” 0:2 (0:0, 0:2)

"Ittihod Kalba Klub" o'yingohi

Gollar: Surur 59, Ali 63.

Ozarbayjon Premer-ligasining 18-turida “Keshla” o'z maydonida “Zira”ni qabul qilib, yirik hisobda (4:0) zafar quchdi. Mezbonlar tarkibida harakat qilayotgan o'zbekistonlik futbolchi SHoxrux Gadoev 19 hamda 71-daqiqalarda to'p kiritib, dublga erishdi. Bu Gadoevning yangi jamoasi libosidagi ilk gollari bo'ldi.

Mazkur g'alabadan keyin “Keshla” ochkolari sonini 29taga etkazib, turnir jadvalida evrokuboklarga yo'llanma beruvchi 3-o'ringa ko'tarildi.

Ozarbayjon Premer-ligasi. 18-tur.

"SHafa" o'yingohi.

"Keshla" - "Zira" 4:0 (2:0, 2:0)

Gollar: Gadoev 19, Isgandarli 45, Gadoev 71, Azadov 90.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика