So’nggi yangiliklar

18:15Келаси мавсум Англия Кубогида жиддий ўзгариш рўй беради  0 18:00Футзал. Қирғизистонликлар амалдаги Осиё чемпионини мағлуб этишди  2 17:42Ўзимизнинг карикатура. Улар қандай қилиб ЕЧЛдан чиқиб кетишди?  0 17:20Ўзбекистон Кубоги. 2-турда ишлайдиган ҳакамлар ва ВАР фойдаланиладиган ўйинлар маълум бўлди  2 16:42Пенальтилар қайтаришда Лунинга ким ёрдам бергани маълум бўлди  7 16:17Иродали Усмонов!  1 16:11Артета: "Биз ҳали ҳам АПЛ чемпионлиги учун курашяпмиз"  0 16:00Setanta Sports+ Спортнинг ҳақиқий мухлислари учун  3 15:10"Эл Классико"ни бошқарадиган ҳакам номи маълум бўлди  2 15:00Зафармурод Абдираҳматов: "Мусобақа энди бошланди, хотиржамликка берилиш керак эмас"  9 14:42Мбаппенинг бир гапидан сўнг "Барселона" ва ПСЖ вакиллари ўртасида 60 кишилик жанжал юзага келди  6 14:25Руслан Жиянов: "Ажойиб ва рақобатдош таркиб йиғилган"  3 13:52Нойер: "Бавария" муваффақиятининг сири - интизом"  3 13:36Ўзбекистонлик ҳакамлар футзал бўйича Осиё Кубогининг 2 ўйинига тайинлов олишди  0 12:59Сака "Бавария"га қарши баҳсда: 0 зарба, 0 дриблинг, 0 аниқ кросс  4

Legionerlar limiti 4+1ga o'zgardi. Bu kerakmidi? Yangiliklar

Legionerlar limiti 4+1ga o'zgardi. Bu kerakmidi?

Bu yil ichki chempionatimizda katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Avvalo oliy liga Superliga, birinchi liga esa Pro-liga nomiga o'zgardi.

PFL Superligada 12ta jamoa ishtirok etishini malum qilgani bilan haliyam barcha jamoalarni to'liq bilmaymiz. CHunki musobaqa o'tkazuvchi tashkilot falon-falon jamoa rasman Superligada o'ynaydi deb yakuniy qaror qilgani yo'q. Balki PFL o'zi uchun aniqlab olgandir, lekin ommaga elon qilmaguncha baribir taxmin va farazlar ko'payaveradi.

SHunga qaramay, PFL 2018 yilgi musobaqalar uchun Reglamentni ishlab chiqdi. Reglamentda yangilik ko'p va bu haqda chempionat boshlanishiga yaqin qolganda batafsil to'xtalamiz. Eshitimizcha, bu yil Superliga mart oyining boshidan boshlanar ekan. SHu o'rinda Reglamentdagi legionerlar limiti bo'yicha yangilikka to'xtalishni lozim topdik. Negaki shu paytgacha 3+1 bo'lib kelgan limit bu yildan 4+1ga o'zgardi. Yani, bu yil klublar o'z saflariga jami beshta xorijlik futbolchini qo'shib olishlari mumkin. Va mana shu besh nafar legioner orasida bittasi osiyolik bo'lishi shart.

Endi PFL nima sababdan bunday qarorga keldi, aksar klublar shundoq ham pul tomonlama qiynalayotgan bir paytda shartmidi shu ish deyishingiz mumkin. Ammo unutmangki, Superliga klublari legioner olib kelishga majbur emas. Xohlasa bitta yo ikkita olishi, xohlamasa umuman olmasligi mumkin. Endi buyog'i klublarning o'ziga qolgan. Lekin bizga malum bo'lishicha, bu o'zgarish “Paxtakor” taklifi bilan yuz bergan. Yani, “Paxtakor” bosh murabbiyi SHota Arveladze legionerlar limitini oshirish bo'yicha taklif bergan, natijada PFL xorijliklar sonini bittaga oshirib qo'ygan.

O'zbekiston chempionatiga legionerlar kerakmi? Albatta, yaxshi o'yinchi bo'lsa hammaga kerak. Lekin shunchaki kelib bir yil yo yarim mavsumni o'tkazadigan futbolchidan nima foyda? Yaxshi legioner bu - yaxshi pul degani. Ularning bir yillik maoshini bizda uncha-muncha klub to'lay olmaydi. SHu bois ko'pchilik arzon-garov legionerlarga yopishib oldi. Ko'plarining esa nomi legioner xolos, o'yini borasida maqtanib gapira olmaymiz. Limitning 4+1ga o'zgarishi o'zbek futboliga nima beradi degan savolga to'xtalishdan oldin oxirgi uch yil ichida yurtimizda o'ynagan legionerlar haqida fikr yuritsak. Zero biror o'zgarishga qo'l urishdan oldin buning sabablarini o'rganib chiqqan maqul deb o'ylaymiz.


2015 yil. 39 legioner

Statistikaga murojaat qilamiz, 2015 yilgi chempionatda 39 nafar legioner O'zbekiston oliy ligasida o'ynagan. Lekin ularning barchasi o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan deya olmaymiz. Mana shu 39 xorijlikdan 13 nafari chempionat oxirigacha klublarda qolmagan. Xususan “Nasaf”da o'ynagan Oleksandr Koblash dastlabki uchta turdan so'ng nimadir sabab bo'lib uyiga ketib qoladi.

“Buxoro” yil boshida uchta legioner bilan shartnoma imzolaydi: Bogdan Xaushi, Vitaliy Plamadela va Vadim Kravchesku. Ammo ular birinchi davradan keyin klubni tark etishadi. Vyacheslav SHevchenko degan hujumchi esa bir davra “Qizilqum” sharafini himoya qilib, atigi ikkita gol urishga erishadi.

Birinchi davradan keyin jamoa bilan xayrlashish “Navbahor”da ham ro'y beradi. Yuriy Rijko bilan Aleksandr Melenchuk yurtimizni tark etishadi. OCHL uchun olib kelingan Damir Koyashevich bilan Ruslan Koryan “Lokomotiv” guruhdan chiqa olmagach, yozda klub bilan xayrlashishadi. “Dinamo” esa hech kim tanimaydigan ikki legioner Konstantin Mandrichenko va Aleksandr Boliyan bilan birinchi davrani bir amallab o'tkazadi, ammo yozda ularga javob berib yuboradi.

Hartugul “Mashal”ning rossiyalik hujumchisi Vladislav Ivanov 12 o'yinda beshta gol urib o'zidan yaxshi taassurot qoldirayotgandi, biroq u ham birinchi davradan keyin ketib qoladi. “Qo'qon-1912” tarkibida o'nta uchrashuvda maydonga tushgan Vladimir Argun ko'pchilik qatori yozgi tanaffusda uyiga qaytib ketadi.

Yana qiziq tomoni shundaki, ikki futbolchi yoz paytida o'tkazilgan tibbiy ko'rikdan o'ta olmagan. Lekin ular mavsum oxirigacha klub tarkibida qolishadi. Bular - “Andijon” futbolchisi Predrag Vuyovich bilan “Nasaf” himoyachisi Roy Rok. Odam hayron qoladi, modomiki, ular tibbiy ko'rikdan o'ta olmagan ekan ushlab o'tirgandan ne foyda? Klubda qoldi degani, yil oxirigacha unga oylik maosh berildi degani emasmi?

Ikkinchi davra arafasida ikki jamoa o'z safini bittadan futbolchi bilan to'ldirib oladi. “Olmaliq” o'z tarkibida darvozabon Valeriy Fomichevni, “Buxoro” esa Maksim Antonyuk degan futbolchini ro'yxatdan o'tkazadi. Darvozabon Fomichev ikkinchi davrada 8ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 11ta gol o'tkazib yuborgan. Maksim Antonyuk esa “Buxoro” safida faqat bitta o'yinda maydonga tushadi.

Xo'sh, bu futbolchilar o'zbek futboli rivojiga qanday hissa qo'shgan bo'lishlari mumkin? Bundan tashqari, o'sha yili uch futbolchi oliy liganing ikkita klubida to'p tepgan. Moldovalik Adrian Kashkaval birinchi davrada “Olmaliq”da o'ynab, ikkinchi davra oldidan “Neftchi”ga o'tib ketadi.


Bolgariyalik Nikolay CHipev degani birinchi davra “Dinamo”da o'ynaydi, keyin esa “Buxoro” tarkibiga borib qo'shiladi. SHuningdek, Sergey Georgiev degan umuman tanish bo'lmagan legioner dastlab “Navbahor” bilan shartnoma tuzadi va ikkinchi davra arafasida u ham “Buxoro”ga ko'chib o'tadi. 2015 yil faqat 21 nafar futbolchigina klubini o'zgartirmay mavsum oxirigacha bitta jamoada faoliyatini o'tkazgan.

Esingizda bo'lsa, o'shanda eng ko'p xorijlik futbolchi Moldovadan tashrif buyurgandi. Ularning soni sakkiz nafarni tashkil etgan. Umuman olganda, 2015 yil 14 mamlakat futbolchilari bizning chempionatda to'p surishgan. Xususan Rossiyadan oltita, Serbiyadan beshta, Ukrainadan to'rtta, Belarus va Turkmanistondan uch nafar, CHernogoriya va Gruziyadan ikkita hamda Tunis, Yaponiya, Sloveniya, Bolgariya, Ruminiya va Bosniyadan bittadan.

Albatta, ular orasida o'zidan iliq taassurot qoldirgan futbolchilar ham bo'lgan. Masalan, Evgeniy CHeremisin “Neftchi” tarkibida yaxshi harakat qilganini ko'pchilik ishqibozlar eslaydi. Turkmanistonlik Arslonmurod Omonov “Olmaliq” safida barcha 30 o'yinda maydonga tushib, o'zini ko'rsatgandi.

Bundan tashqari, Sato Minori, Adnan Oraxovac, Artur Gevorkyan, Darko Stanoevich, Nemanya Yanichich, SHaker Zuagi, Georgi Kvesieshvili, Kaxi Maxaradze, Yuriy Rijko kabi legionerlar ham futbolimizga nimadir bera olishdi. Lekin shunday legionerlar borki, ular bekordan bekorga o'ynab ketishdi, klublar esa mo'maygina pulni to'lab og'izlarini lang ochib qolavergan.

Oliy liga-2015. Legionerlar statistikasi


Futbolchi

Jamoasi

Amplua

T.sana.

O'yin

Daqiqa

Gol

SK

QK

Evgeniy CHeremisin (Rossiya)

"Neftchi"

Dar.

29.02.1988

30

2700

-

2

0

Arslonmurod Omonov (Turkmaniston)

"Olmaliq"

Yar.him

28.03.1990

30

1699

5

3

0

Adrian Kashkaval (Moldova)

"Olmaliq" / "Neftchi"

Him.

10.06.1987

29

2610

4

3

0

Sato Minori (Yaponiya)

"Bunyodkor"

Yar.him

02.03.1991

28

2520

4

6

0

Gennadiy Moshnyaga (Moldova)

"Andijon"

Dar.

25.04.1985

28

2520

-

1

0

Andrey Derkach (Ukraina) 

"Qizilqum"

Yar.him

28.05.1985

28

2417

3

9

0

Nemanya Yovanovich(Serbiya)

"Olmaliq"

Huj.

03.03.1984

28

2380

9

6

0

Adnan Oraxovac(Serbiya)

"Paxtakor"

Him.

05.02.1991

27

2304

3

6

0

Mikita Bukatkin (Belarus)

"Mashal"

Yar.him

07.03.1988

27

2299

2

11

0

Nikolay CHipev (Bolgariya)

"Dinamo" / "Buxoro"

Yar.him

22.02.1989

27

2033

2

3

1

Artur Gevorkyan (Turkmaniston) 

"Nasaf"

Yar.him

22.11.1984

26

2280

11

2

0

Igor Golban(Rossiya)

"Qo'qon-1912"

Him.

31.07.1990

26

2268

1

8

0

Evgeniy Gogol (Rossiya)

"Olmaliq"

Him.

20.01.1986

26

2210

2

5

3

Darko Stanoevich (Serbiya)

"SHo'rtan"

Him.

12.04.1987

25

2250

2

4

0

Nemanya Yanichich (Serbiya)

"Lokomotiv"

Him.

13.07.1986

25

2136

0

7

0

SHaker Zuagi (Tunis)

"Bunyodkor"

Yar.him

10.01.1985

25

1909

7

4

0

Georgi Kvesieshvili (Gruziya)

"Qizilqum"

Him.

01.12.1985

25

1907

0

4

0

Kaxi Maxaradze (Gruziya)

"Paxtakor"

Yar.him

20.10.1987

23

1819

6

2

1

Ivan Miloshevich (Serbiya)

"Bunyodkor"

Him.

03.11.1984

22

1862

0

4

0

Sergey Georgiev (Moldova)

"Navbahor" / "Buxoro"

Yar.him

20.10.1991

17

1191

4

5

1

Andrey Melnichuk (Ukraina)

"Dinamo"

Dar.

14.11.1978

16

1363

-

2

0

Predrag Vuyovich (CHernogoriya)

"Andijon"

Yar.him

20.08.1983

15

1337

2

1

0

Vitaliy Plamadela (Moldova)

"Buxoro"

Yar.him

21.01.1985

15

1205

0

3

0

Vadim Kravchesku (Moldova)

"Buxoro"

Yar.him

07.03.1985

13

1141

0

3

0

Vyacheslav SHevchenko (Ukraina)

"Qizilqum"

Huj.

30.05.1985

13

1115

2

2

0

Yuriy Rijko (Belarus)

"Navbahor"

Him.

10.10.1989

13

1113

0

2

0

Roy Rok (Sloveniya)

"Nasaf"

Him.

08.10.1986

12

974

1

1

0

Vladislav Ivanov (Rossiya)

"Mashal"

Huj.

24.01.1986

12

947

5

0

0

Samir Bekrich (Bosniya)

"Bunyodkor"

Yar.him

20.10.1984

12

490

0

1

0

Bogdan Xaushi (Ruminiya)

"Buxoro"

Him.

29.09.1985

10

815

1

4

1

Aleksandr Melenchuk (Moldova)

"Navbahor"

Dar.

20.03.1979

10

777

-

1

0

Vladimir Argun (Rossiya)

"Qo'qon-1912"

Yar.him

06.05.1991

10

566

0

2

0

Ruslan Koryan (Rossiya)

"Lokomotiv"

Huj.

15.06.1988

10

489

2

1

0

Valeriy Fomichev (Belarus)

"Olmaliq"

Dar.

23.02.1988

8

655

-

0

1

Damir Koyashevich (CHernogoriya)

"Lokomotiv"

Yar.him

03.06.1987

8

320

1

1

0

Aleksandr Boliyan (Turkmaniston)

"Dinamo"

Huj.

27.07.1989

5

361

0

0

0

Konstantin Mandrichenko (Moldova)

"Dinamo"

Yar.him

19.02.1991

4

234

0

0

0

Oleksandr Koblash (Ukraina)

"Nasaf"

Huj.

05.09.1989

3

253

2

0

0

Maksim Antonyuk (Moldova)

"Buxoro"

Yar.him

15.01.1991

1

57

0

0

0



2016 yil. 31 legioner

2015 yilgi mavsumda legionerlar ko'rsatgan o'yindan xulosa qilgan klublar bir yil o'tib sal mulohaza yuritgan holda ish qila boshlashdi. Buni jamoalarga taklif etilgan legionerlar soni kamaygani ham aytib turibdi. 2015 yil oliy ligada jami 39 legioner faoliyat olib borgan bo'lsa, 2016 yilgi mavsumda bu ko'rsatkich 31ni tashkil etdi. Demak, sakkizta kam. Bu esa sondan ko'ra sifatga etibor berilganini anglatadi. Qolaversa, legioner darvozabonlarga ruxsat berilmaganini ham yoddan chiqarmaslik joiz.

Aytish mumkinki, 2016 yil chempionat tarixdagi eng yaxshilaridan biri sifatida yodda qoladigan bo'ldi. Avvalo shu yili “Lokomotiv” o'z tarixida ilk bor chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, nomiga kelib o'ynab ketgan legionerlar ko'p ham ko'zga tashlanmadi. Aytish mumkinki, har bir klubda bitta yo ikkita legioner o'zini ko'rsata oldi. Xususan Nemanya Yovanovich “Qizilqum”da yaxshi mavsumni o'tkazdi. U 29 uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol urdi. “Qo'qon-1912”dan “Nasaf”ga o'tgan Igor Golban ham o'zini ko'rsatdi, u himoyachi bo'lishiga qaramay, beshta to'p kiritdi.


Lekin “Lokomotiv”ga o'tgan Artur Gevorkyan zo'r o'ynab ketdi deya olmaymiz. Jamoa garchi chempionlikka erishgan bo'lsa-da, Artur “Loko”da “Nasaf”dagi o'yinini namoyish eta olmadi. Gruziyalik legioner Kaxi Maxaradze esa aksincha “temiryo'lchilar” safiga o'tgach yanada shakllandi. Kerak paytda hatto himoya markazida o'ynab jamoadoshlariga yordam berdi. Sato Minori shu yili “Bunyodkor”da o'zining eng esda qolarli mavsumlaridan birini o'tkazdi deya olamiz. Bundan tashqari, “Olmaliq”da Evgeniy Gogol, “Mashal”da Andrey Derkach, “Navbahor”da Oleksandr Pishur va ayniqsa “Buxoro”da Vadim CHemirtan kabi legionerlar o'zlaridan iliq taassurot qoldirishdi.

Oliy liga-2016. Legionerlar statistikasi

Futbolchi

Jamoasi

Amplua

T.sanasi

O'yin

Daqiqa

Gol

SK

QK

Nemanya Yovanovich (Serbiya)

“Qizilqum”

Huj.

03.03.1984

29

2394

13

3

0

Igor Golban (Rossiya)

“Nasaf”

Him.

31.07.1990

28

2419

5

4

0

Artur Gevorkyan (Turkmaniston)

“Lokomotiv”

Yar.him

22.11.1984

28

1889

3

1

1

Evgeniy Gogol (Rossiya)

“Olmaliq”

Him.

20.01.1986

27

2391

3

5

1

Kaxi Maxaradze (Gruziya)

“Lokomotiv”

Yar.him

20.10.1987

27

2360

3

3

0

Adnan Oraxovac (CHernogoriya)

“Paxtakor”

Him.

05.02.1991

27

2008

1

6

0

Sato Minori (Yaponiya)

“Bunyodkor”

Yar.him

02.03.1991

27

1978

5

4

0

Georgiy Kvesieshvili (Gruziya)

“Qizilqum”

Him.

01.12.1985

26

2283

2

1

0

Yurica Bulyat (Xorvatiya)

“Bunyodkor”

Him.

12.09.1986

25

2250

0

10

0

Arslonmurod Omonov (Turkmaniston)

“Olmaliq”

Yar.him

28.03.1990

24

1698

3

3

1

Andrey Derkach (Ukraina)

“Mashal”

Yar.him

28.05.1985

22

1558

1

7

0

Vladislav Pavlenko (Ukraina)

“Mashal”

Yar.him

05.04.1994

21

1570

0

2

0

Aleksandr Alempievich (Serbiya)

“Bunyodkor”

Yar.him

25.07.1988

20

1361

1

3

0

Nemanya Yanichich (Serbiya)

“Lokomotiv”

Him.

13.07.1986

15

1305

0

2

0

Darko Gojkovich (Serbiya)

“Qo'qon-1912”

Him.

26.09.1986

14

1259

1

3

0

Oleksandr Pishur (Ukraina)

“Navbahor”

Him.

29.01.1981

14

1123

5

2

0

Vyacheslav SHevchenko (Ukraina)

“Qizilqum”

Him.

30.05.1985

14

1109

3

2

0

Nikola Valentich (Serbiya)

“Qo'qon-1912”

Him.

06.09.1983

13

1170

0

5

0

Denis Ilesku (Moldova)

“Andijon”

Him.

20.01.1987

13

1152

0

4

0

Dragan CHeran (Serbiya)

“Nasaf”

Huj.

06.10.1987

13

955

12

3

0

Yaroslav Martinyuk (Ukraina)

“Olmaliq”

Yar.him

20.02.1989

12

944

2

2

0

Ognen Krasich (Serbiya)

“Nasaf”

Yar.him

09.04.1988

12

943

3

2

0

Elman Tagaev (Turkmaniston)

“Andijon”

Yar.him

02.06.1989

12

775

0

1

0

SHaker Zuagi (Tunis)

“Bunyodkor”

Yar.him

10.01.1985

12

738

1

2

0

Vadim CHemirtan (Moldova)

“Buxoro”

Yar.him

21.07.1987

11

829

8

5

0

Darko Stanoevich (Serbiya)

“Olmaliq”

Him.

12.04.1987

10

798

1

1

0

Deyan Bolevich (CHernogoriya)

“Nasaf”

Him.

30.05.1990

7

562

2

0

0

Dorji Sangadjiev (Rossiya)

“Navbahor”

Yar.him

19.02.1996

7

487

0

2

0

Andrey Bugnyak (Moldova)

“Andijon”

Huj.

30.03.1988

7

446

0

1

0

CHoy Xyun Yeon (J.Koreya)

“Navbahor”

Yar.him

16.04.1984

4

196

0

0

0

Slaven Stepanovich (CHernogoriya)

“Lokomotiv”

Huj.

02.11.1987

2

42

0

0

0



2017 yil. 37 legioner

Nihoyat o'tgan yilgi mavsumga ham etib keldik. Yakunlangan 2017 yilda jami 37 legioner klublar tarkibida ro'yxatdan o'tkazildi. Demak, son yana oshib ketganini ko'rishimiz mumkin. Mana shu 37 legionerdan 10 nafari chempionat tugamasdan ketib qolishdi. O'z yurtiga qaytib ketishni “SHo'rtan” legioneri Oleksandr Pishur boshlab berdi. U atigi uchta o'yinda maydonga tushib, narsalarini yig'ishtirdi-yu, shartnomasini bekor qilib qaytib ketdi.

“Neftchi” yil boshida uchta legionerni qo'shib olgandi. Ammo Vadim Abramov bosh murabbiylikni qo'lga olgach, yozda ularning uchalasiga ham javob berib yubordi. Bular - Dmitriy Komarovskiy, Sergey Koncevoy va Terentiy Lucevich. Nomlarni qarang! Bular o'zi futbol o'ynaganmi degan savol yuzaga keladi.

Legioner olib kelishda deyarli xato qilmaydigan “Bunyodkor” bu yil negadir xatoga yo'l qo'ydi. Ehtimol bu Sergey Lushanning qarori tufayli yuz bergan bo'lishi mumkin, chunki biz bilamizki, Mirjalol Qosimov jamoaga yangi o'yinchi olayotganda doim etti o'lchab bir kesishni maqul ko'radi. “Bunyodkor” o'z safiga Dushan Michichni taklif etgandi, ammo davralar oralig'ida uning ketishiga to'sqinlik qilmadi.

“Paxtakor” himoyachisi Yurica Bulyat yozda Belarus chempioni BATEga o'tib ketdi. SHuningdek, “Qizilqum” ham o'z futbolchisi Andrey Derkachga javob berib yubordi. “Lokomotiv” yaxshi niyatlar bilan olib kelgan Gnoxere Krizo o'ynab keta olmadi. “Mashal” ham yozda o'zining ikki legioneri Vladislav Pavlenko bilan Umedjon SHaripovga chiqish eshiklarini ko'rsatdi.


Ikkinchi davra oldidan etti nafar futbolchini klublar ro'yxatdan o'tkazishdi. Eng ko'p transfer qilgan jamoa “Paxtakor” bo'ldi. Bu jamoa 3+1dan to'liq foydalanib tarkibga to'rt nafar xorijlikni taklif etdi. SHunday qilib Marko Simich, Tiago Bezerra, Gidi Kanyuk, Rostin Griffits kabilar “sherlar”ga aylanishdi.

“Qizilqum” yana hech kimga tanish bo'lmagan Maksim Yurkuni ro'yxatdan o'tkazdi. “Lokomotiv” esa o'ynab keta olmagan Krizo o'rnini Olabiran Blessing bilan to'ldirib oldi. “Mashal” ham boshqalardan ortda qolmay deb yaponiyalik Tomoki Muramatsu bilan shartnoma tuzdi.

Lekin o'zini ko'rsatgan legionerlar ham ko'zga tashlandi. Masalan, Dragan CHeran mavsumni yuqori notada o'tkazib, “Nasaf”ning ikkinchi o'rinni egallashiga munosib hissa qo'shdi. Qolaversa, u 19ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, Igor Yelich, Kaxi Maxaradze, Nemanya Yovanovich kabi futbolchilar 29tadan o'yinda maydonga tushishdi.

Eng kam o'yin o'tkazgan legioner Andrey Derkach bo'ldi. U bor-yo'g'i bitta uchrashuvda harakat qildi. Yaponiyalik Muramatsu “Mashal” safida o'n besh daqiqadan ikkita o'yinda o'ynadi, xolos.

Oliy liga-2017. Legionerlar statistikasi

Futbolchi

Jamoasi

Amplua

T.sana

O'yin

Daqiqa

Gol

SK

QK

Igor Yelich(Serbiya)

"Olmaliq"

Yar.him

28.12.1989

29

2528

5

6

0

Kaxi Maxaradze(Gruziya)

"Lokomotiv"

Yar.him

20.10.1987

29

2398

1

3

0

Nemanya Yovanovich(Serbiya)

"Navbahor"

Huj.

03.03.1984

29

1974

7

4

0

Dragan CHeran(Serbiya)

"Nasaf"

Huj.

06.10.1987

28

2510

19

4

0

Artur Gevorkyan(Turkmaniston)

"Qizilqum"

Yar.him

22.11.1984

28

2393

5

1

0

Filipp Rayevac(Serbiya)

"Qo'qon-1912"

Huj.

21.06.1992

28

2286

7

4

0

Vladislav Kosminin(Belarus)

"Olmaliq"

Him.

17.01.1990

27

2430

6

7

0

Vladimir Baenko(Ukraina)

"Buxoro"

Him.

09.02.1990

27

2430

3

12

0

Igor Golban(Rossiya)

"Nasaf"

Him.

31.07.1990

27

2430

3

4

0

Darko Stanoevich(Serbiya)

"Navbahor"

Him.

12.04.1987

27

2289

1

5

0

Adnan Oraxovac(CHernogoriya)

"Paxtakor" / "Dinamo"

Him.

05.02.1991

24

2092

4

8

0

Darko Gojkovich(Serbiya)

"Qo'qon-1912"

Him.

26.09.1986

23

2045

3

6

0

Radu Rogak(Moldova)

"Dinamo"

Him.

07.06.1995

22

1843

1

1

0

Ivor Veycer(Xorvatiya)

"Buxoro"

Yar.him

24.05.1988

19

1143

4

5

0

Muhammad Kone(Kot-D'Ivuar)

"Lokomotiv"

Him.

12.12.1993

17

1244

0

6

0

SHota Grigalashvili(Gruziya)

"Olmaliq"

Yar.him

21.06.1986

17

788

1

2

0

Igor Timanyuk(Belarus)

"Mashal"

Him.

31.12.1994

16

1300

1

4

1

Farhod Musabekov(Qirg'iziston)

"Olmaliq"

Yar.him

03.01.1994

16

841

0

0

0

Kirill Pasichnik(Qozog'iston)

"Buxara"

Him.

24.05.1993

15

1270

1

2

0

Tiago Bezerra(Braziliya)

"Paxtakor"

Yar.him

12.02.1987

14

1225

4

2

0

Gidi Kanyuk(Isroil)

"Paxtakor"

Yar.him

11.02.1993

14

1021

1

1

0

Marko Simich(Serbiya)

"Paxtakor"

Him.

16.06.1987

13

1156

3

4

0

Dmitriy Komarovskiy(Belarus)

"Neftchi" 

Yar.him

10.10.1986

12

993

2

3

0

Vadim CHemirtan(Moldova)

"Bunyodkor"

Huj.

21.07.1987

11

444

2

0

0

Yurica Bulyat(Xorvatiya)

"Paxtakor"

Him.

12.09.1986

9

603

0

2

0

Sergey Koncevoy(Belarus)

"Neftchi"

Him.

21.06.1986

8

720

0

3

0

Rostin Griffits(Avstraliya)

"Paxtakor"

Yar.him

10.03.1988

7

521

0

2

0

Umed SHaripov (Tojikiston)

"Mashal"

Yar.him

04.10.1992

6

196

1

0

0

TerentiyLucevich (Belarus)

"Neftchi"

Huj.

19.04.1991

5

450

0

1

0

Dushan Michich (Serbiya)

"Bunyodkor"

Yar.him

29.11.1984

5

394

0

2

0

Olabiran Blessing (Nigeriya)

"Lokomotiv"

Yar.him

07.08.1998

5

191

1

0

0

OleksandrPishur (Ukraina)

"SHo'rtan"

Huj.

29.01.1981

3

169

0

0

0

Vladislav Pavlenko(Ukraina)

"Mashal"

Yar.him

05.04.1994

5

153

0

0

0

Maksim Yurku(Moldova)

"Qizilqum"

Huj.

01.01.1993

2

74

0

1

0

Gnoxere Krizo(Kot-D'Ivuar)

"Lokomotiv"

Huj.

20.06.1997

2

39

0

0

0

Tomoki Muramatsu(Yaponiya)

"Mashal"

Yar.him

10.07.1990

2

27

0

0

0

Andrey Derkach(Ukraina)

"Qizilqum"

Yar.him

28.05.1985

1

26

0

0

0


Xulosa o'rnida

Maqola boshida aytib o'tganimizdek, klublarning nima niyat bilan legioner olib kelayotgani birlamchi o'rinda. Agar maqsad uning O'zbekiston futboliga yordami tegadi, yoshlar undan o'rnak oladi deyish bo'lsa gap bo'lishi mumkin emas. Pulingiz etsa, marhamat, kuchli legionerlar uchun eshik har doim ochiq.

Lekin legionerlar boshqa maqsadda olib kelinayotgan bo'lsa, unda faqat ayrim rahbarlarning foyda qilgani qoladi. Klub va muxlislar, eng muhimi, o'zbek futboli bundan doim yutqazaveradi. SHu bois bu yildan barcha klublar son emas, sifatga birinchi o'rinda qarashsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Zero, bekordan bekorga kelib biron tuzuk o'yin ko'rsatmay jaraq-jaraq pul olib ketgandan ko'ra, o'sha zaxira o'rindig'ida o'zimizning qorako'zlar o'tirgani maqul. Buyog'i nima bo'lishi klublar rahbarlari-yu, bosh murabbiylarning vijdoniga havola.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика