So’nggi yangiliklar

09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  6 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0

Legioner murabbiy, "Nasaf" posboni va "Metallurg" himoyachisi - Superligada 15-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Legioner murabbiy, "Nasaf" posboni va "Metallurg" himoyachisi - Superligada 15-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 15-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi darvozaboni – Abduvohid Nematov ("Nasaf")

"Nasaf" bu tur o'z maydonida "Paxtakor" bilan o'ynadi. Uchrashuv davomida "sherlar" ko'plab hujumlar tashkil etishdi, biroq "ajdarlar" posboni Abduvohid Nematov jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. SHu tariqa Nematov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi murabbiyi – Vitaliy Levchenko ("Neftchi")

"Neftchi" Farg'onada "Dinamo"ni qabul qildi va 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Etiborlisi o'yin boshida "Neftchi" 10 kishi bo'lib qoldi va butun o'yin davomida kamchilik bo'lib o'ynadi. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi farg'onaliklar iroda namoyish etishdi va g'alaba qozonishdi. SHu tariqa "Neftchi" ustozi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi futbolchisi – Azizbek Pirmuhammadov ("Metallurg")

"Metallurg" bu tur Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ldi va 2:2 hisobida durang o'ynadi. SHu kuni chap qanot himoyasida o'ynagan Azizbek Pirmuhammadov juda faol bo'ldi va gol urishdan tashqari golli uzatmani ham amalga oshirdi. Pirmuhammadov saytimiz talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng chiroyli goli muallifi – Muzaffar Olimjonov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvining 47-daqiqasida Temurxo'ja Abduxoliqovning ajoyib uzatmasidan keyin Muzaffar Olimjonov himoyachisini ortda qoldirib chiroyli gol urdi. Aynan Olimjonov tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.



 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика