So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Legioner darvozabon, OKMK ustozi va boshqalar - Superligada 12-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Legioner darvozabon, OKMK ustozi va boshqalar - Superligada 12-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 12-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi darvozaboni – Marin Lyubich ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu tur o'z maydonida "Olimpik"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuvning 42-daqiqasida "qaldirg'ochlar" 9 kishi bo'lib qolishdi va mag'lub bo'lishlari aniqdek edi. Ammo bahs davomida Lyubich bir necha bor jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Ayniqsa, ikkinchi taymga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda penaltidan yo'llangan zarbadan keyin to'pni qaytarib, "Bunyodkor"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHu tariqa Lyubich turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi murabbiyi – Mirjalol Qosimov (OKMK)

Mirjalol Qosimov OKMK bosh murabbiyiga aylangach "Paxtakor"ni umuman mag'lub eta olmay kelayotgani haqida statistikani ko'rmagan muxlis bo'lmasa kerak. Musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turgan OKMK yozgi tanaffusga 1-o'rinda chiqib ketishni juda ham xohlayotgani aniq edi. Olmaliqda o'tgan OKMK - "Paxtakor" uchrashuvda maydon egalari bahs davomida ikki marta hisobda ortda borishdi va yakunda irodali g'alabaga erishishdi - 4:2. Etiborlisi, Qosimov ikkinchi taym oxirida maydonga tushirgan ikki gruziyalik futbolchilarning gollari Olmaliq klubiga g'alaba keltirdi. SHu tariqa OKMK ustozi Mirajlol Qosimov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi futbolchisi – Xurshid G'iyosov (OKMK)

OKMKning "Paxtakor" ustidan qozongan g'alabasida Xurshid G'iyosovning hissasi katta bo'ldi. Maydonda katta ko'lamdagi ishni bajargan futbolchi o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltidan ham gol urganini qo'shimcha qilish kerak. Umuman olganda, G'iyosov o'yin davomida juda faol bo'ldi va saytimiz talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng chiroyli goli muallifi – Anvarjon Xojimirzaev ("Dinamo")

"Dinamo" - "Andijon" uchrashuvi bilan Samarqandga katta futbol qaytdi. SHu kuni Samarqanddagi stadionga yig'ilgan 10 mingdan ziyod muxlislar ikkita chiroyli gol guvohiga aylanishdi. 36-daqiqada mezbonlar vakili Anvarjon Xojimirzaev tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.



 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика